
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BUVAYDA TUMANIDA MEBELCHILIKKA IXTISOSLASHGAN YIRIK SAVDO VA ISHLAB CHIQARISH MAJMUASI BARPO ETILIB, YUZLAB OILAVIY TADBIRKORLARGA KREDIT ASOSIDA BERILADI

2021-12-03 17:59:41 351
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tuman va shaharlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, yangi ishlab chiqarish loyihalari, aholi bandligini ta'minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish, berilgan topshiriqlar ijrosini sektorlar rahbarlari tomonidan ijrosini o’rganish doirasida Buvayda tumanida bo’ldi.
Viloyat hokimi, viloyat sektorlari rahbarlari bilan tumanning Cho’mbog’ish mahallasida bo’lib, mebel va eshik romlar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar va tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Cho’mbog’ishda 500 ga hunarmand va tadbirkor oila qo’l mehnati hamda kichik sanoat usulida eshik va romlar, uy va oshxona mebellari, yumshoq mebellar, darvoza va so’rilar, shuningdek turli yog’och o’ymakorligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Mahallada deyarli barcha ushbu faoliyat turi bilan mashg’ul.
Viloyat hokimi ishlab chiqarilgan va yasalgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi. So’ngra tadbirkor va hunarmandlar bilan samimiy muloqot qildi.
Mahalla ahli viloyat rahbariga mahsulotlarni yo’l bo’yida ochiq hududda sotishlarini aytib, yopiq savdo majmuasi qurib berilishida yordam so’radilar. Shuningdek, xonadonlarda ishlab chiqarish jarayonlari kundalik turmushga halaqit berishini aytib, ishlab chiqarish zonasi tashkil etish uchun yer maydoni ajratish masalasini o’rtaga tashladilar.
Viloyat hokimi, tadbirkor va hunarmandlar uchun yaqin hududda mebelchilikka ixtisoslashgan yirik savdo va ishlab chiqarish majmuasi barpo etib berilishini, bunda ishlab chiqarish va savdo maydonlari tayyor holatda kredit asosida berilishini ma'lum qildi. Viloyat rahbarining topshirig’i bilan shu kunning o’zidayoq yangi majmuada joy olish istagi bo’lgan fuqarolardan talab etiladigan maydon hajmi ko’rsatilgan holda ariza olishga kirishildi.
Xayrullo Bozorov, shu hududdagi bo’sh yer maydonlarini ham ko’zdan kechirib, yangi majmua qurish uchun joy ajratish imkoniyatlarini ham o’rgandi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube