Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUVAYDADA XITOYLIK TADBIRKORLAR PLASTIK CHIQINDILARDAN POLIESTER VA SINTEPON ISHLAB CHIQARISHMOQDA

×

 2021-12-03 18:01:28    508

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Buvayda tumani Qoratepa MFY hududida bo’sh turgan bino-inshootda xitoylik tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan Lanmei korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Joriy yil bahorda faoliyat boshlagan ushbu korxonaning umumiy loyiha qiymati 3 million AQSh dollariga teng bo’lib, buning 2 million dollari to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyani tashkil etadi.

Yillik 1500 tonna plastik chiqindilarni – “baklashkalar”ni qayta ishlab, poliester va sintepon ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan ushbu korxonada 100 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilgan. O’tgan qisqa vaqt mobaynida bir million dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.

Hozirda korxonada ishlab chiqarilayotgan poliester va sintepondan ko’rpa, kurtkalar kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish liniyasi tashkil etish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Qiymati 14 milliard so’mni tashkil etadigan ushbu ikkinchi bosqich loyihasi amalga oshirilishi natijasi yillik 10 million dollardan ziyod mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 80 ta qo’shimcha ish o’rni yaratiladi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube