Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’SHTEPADA LOYIHA QIYMATI 115 MILLION YEVRO BO’LGAN, QARIYB 3000 TA ISH O’RNIGA EGA YIRIK TEKSTIL-TO’QIMACHILIK KORXONASI BARPO ETILMOQDA

×

 2021-12-03 18:09:33    418

PDF yuklash
Chop etish


Aholi daromadlarini ko’paytirish, turmush sharoitlarini yaxshilashda ish o’rinlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Qo’shtepa tumanida bu borada yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. "Global Textile Infinity" MChJ tomonidan barpo etilayotgan tekstil-to’qimachilik korxonasi ish boshlasa, qariyb 3000 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumandagi o’rganishlari davomida Nurafshon MFYda qad rostlayotgan ushbu yirik korxonada bo’lib, bu yerdagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Jami 115 million yevro investitsiya hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning 67 million yevro qismi xorijiy sarmoya bo’lsa, 48 million yevro korxonaning o’z mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Korxonada kalava ip va sifatli mato, tayyor mahsulotlar tayyorlanadi. Yiliga 65 million yevro eksport qilish salohiyatiga ega. Korxona direktori Otabek Nishanov viloyat rahbariga bular xususida atroflicha ma'lumot berdi.

Mahalla nuroniylari esa viloyat hokimi bilan samimiy muloqotda hududdagi ushbu manzilda shunday yirik korxona qurilishidan, mahalliy aholi uchun ish o’rinlari yaratilishidan mamnun ekanliklarini izhor etdilar. Boshlangan ishlar xayrli, barakali bo’lishini, uzoq yillar yurt rivojiga hissa qo’shishligini so’rab duoi-fotiha qilindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube