Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OILAVIY TADBIRKORLIK – UCHKO’PRIK TUMANINI IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDAGI MUHIM OMIL

×

 2021-12-04 09:12:22    300

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Uchko’prik tumani mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta'minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish jarayonida "Mashad" mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Hoshimjon Yunusov xonadonida bo’ldi. 

Xonadon sohibi Hoshimjon Yunusov oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yib, bolalar va ayollar uchun trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

45 nafar xotin qizlarni doimiy ish bilan ta'minlagan oilaviy korxonada 15 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda va ichki bozorlarimizga yetkazib berilmoqda.

Tadbirkor, viloyat rahbari bilan muloqot chog’ida tumanda 15 gektar maydonda barpo etilayotgan “Boboshbek” savdo va ishlab chiqarish majmuasi oilaviy tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan uchko’prikliklar uchun katta imkoniyatlar ochayotganini ta'kidlab, o’zi ham ushbu majmuadan 300 kvadrat metr ishlab chiqarish maydoni olayotganini ma'lum qildi.

Uchko’prik tumanidagi 53 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida 1856 ta xonadonda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Mazkur oilaviy tikuv tsexlarida 9 ming nafardan ziyod xotin qizlarning doimiy bandligi ta'minlangan.

Yurtimizda ilk bor barpo etilayotgan “Boboshbek” zamonaviy yengil sanoat va savdo majmuasida 2 ta logistika markazi, 212 ta ishlab chiqarish tsexi, 336 ta savdo do’koni, 560 ta kichik savdo rastasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 7 ming 700 dan ortiq fuqarolar doimiy ish o’rniga ega bo’lishadi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube