Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIK TUMANINING MULLAZOIR MASSIVI HUDUDIDA JAMI 247 XONADONDAN IBORAT 10 TA 5 QAVATLI ZAMONAVIY TURAR JOY MAJMUASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-12-04 09:13:39    254

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Uchko’prik tumanining Mullazoir mavzesida qurib bitkazilgan yangi zamonaviy turar joylarning foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Qurib bitkazilgan 10 ta 5 qavatli zamonaviy turar joy majmuasi 247 ta ikki va uch xonali kvartiralardan iborat. Turar joylarni qurishda eng energiyatejamkor materiallardan foydalanilgan. Yangi mavzeda barcha kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Sport va bolalar maydonchalari, savdo do’konlari qurilib, hudud obodonlashtirilgan. Hozirda mavzeda yana 12 ta ko’p qavatli turar joy binolari barpo etilayotgan bo’lib, 2-3 oyda foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbari raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash masalalari bo’yicha ikki kun avval o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida aholi va qurilish tashkilotlariga belgilab berilgan yangi imkoniyatlar haqida to’xtalgan viloyat hokimi, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so’m subsidiya to’lab berilishi, ipoteka krediti va subsidiya olish shartlarining yengillashtirilgani, shuningdek, qurilish korxonalariga zamonaviy texnika va uskunalar sotib olish uchun uzoq muddatli kreditlar hamda bojxona imtiyozlari berilishi kabi jihatlar qurilish sohasini jadal rivojlantirish hamda xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilashda katta omil bo’lishini qayd etdi.

“Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasinining hamda yangi tashkil etilgan kichik sanoat zonasining yonginasida joylashgani, ushbu mavzeda xonadon egalariga aylangan aholining bandlik masalasini hal etishda asosiy omil bo’ladi.

Hududda davlat xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan zamonaviy bolalar bog’chasi va boshlang’ich ta'lim maktabi foydalanishga topshirilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube