
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
UCHKO’PRIK TUMANIDA 1000 TA XONADONGA KREDIT ASOSIDA 2 BOSHDAN XORIJDAN KELTIRILADIGAN ZOTDOR QORAMOL KOOPERATSIYA USULIDA TARQATILADIGAN BO’LDI. OLINGAN SUTNI “SADAF SUT” KORXONASI SOTIB OLADI

2021-12-04 09:20:06 707
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Uchko’prik tumanidagi sutni qayta ishlash va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Sadaf sut” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Tumanning Bog’i bo’ston mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan ushbu korxonada bugungi kunda 80 ta ish o’rni yaratilgan. Turkiya, Germaniya va Italiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada sutni qayta ishlash orqali qatiq, smetana, tvorog, pishloq, qaymoq, brinza kabi 20 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Korxonaning loyiha qiymati 22 milliard so’m bo’lib, shundan 5 milliard so’mi bank krediti hisoblanadi. Hozirda ishlab chiqarish quvvati 3 ming 650 tonnani tashkil etayotgan “Sadaf sut” korxonasida, kelgusida ishlab chiqarish quvvatini qariyb 30 ming tonnaga yetkazish va 600 ta ish o’rni yaratish rejalashtirilgan.
Korxona muassislari viloyat rahbari bilan muloqotda qayta ishlash uchun sutni aholidan sotib olinishi, viloyatning boshqa hududlari va qo’shni viloyatlardan keltirilishini aytib, yetarli sut yo’qligi natijasida korxona to’la quvvat bilan ishlay olmayotganini ma'lum qildilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan aholi daromadini oshirish uchun xonadonlarda chorvachilikni rivojlantirish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini bajarish orqali ushbu korxonani sut bilan yetarli miqdorda ta'minlash mumkinligini qayd etgan viloyat hokimi, Uchko’prik tumaniga 2000 bosh zotdor sigir keltirib, chorva boqish imkoniyati mavjud 1000 ta xonadonga 2 boshdan kooperatsiya usulida kredit asosida tarqatish hamda “Sadaf sut” tomonidan sog’ib olingan sutni yig’ish shaxobchalari tashkil etgan holda aholidan sotib olish taklifini bildirdi. Belarus, Ukraina yoki Gollandiyadan mahalliy muhitga moslashib ketadigan zotdor qoramollarni tanlab berish ham “Sadaf sut” korxonasi tomonidan amalga oshirilsa, veterinariya xizmatlari ko’rsatish va ulgurji ozuqa-em sotib olib arzonroq narxlarda tarqatish yo’lga qo’yilsa natija samaraliroq bo’lishi ta'kidlandi. Korxona rahbarlari viloyat hokimining taklifini katta mamnuniyat bilan qabul qildilar.
Tuman hokimi va sektorlari rahbarlariga qoramol boqish istagini bildirgan xonadonlar ro’yxatini tez fursatda shakllantirish vazifasi topshirildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube