Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HOKIM YORDAMCHILARI MAHALLALARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH UCHUN AVVALO, MAHALLANING “O’SISH NUQTALARI”NI ANIQLAB OLISHI KERAK

×

 2021-12-04 18:33:41    319

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanida “Chorbog’” mahalla fuqarolar yig’ini uchun davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan zamonaviy idora binosida bo’ldi.

Shu kunga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida Uchko’prik tumanidagi 12 ta mahalla fuqarolar yig’ini uchun yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Namunaviy loyiha asosida qisqa fursatlarda qurilib, foydalanishga topshirilgan “Chorbog’” mahalla fuqarolar yig’inining yangi binosida xodimlar va mahalla aholisi uchun barcha zarur sharoit va qulayliklar yaratilgan.

Qurilish ishlariga 2 milliard 200 million so’mdan ziyod mablag’ sarflangan ikki qavatli zamonaviy binoda mahalla raisi, uning o’rinbosarlari, hokim yordamchisi hamda profilaktika inspektori xonalari va kutubxona ham joylashtirilgan. Xonalarni zamonaviy mebel jihozlari bilan ta'minlash uchun 100 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. 

Viloyat rahbari bu yerda yangi joriy etilayotgan hokim yordamchisi vazifasiga nomzodi tasdiqlangan mutaxassis bilan mahallaning “o’sish nuqtalari”ni aniqlash, aholi hayotini yaxshilash bo’yicha asosiy yo’nalish va vazifalar masalasida muloqot qildi. “O’sish nuqtalari”ni aniq belgilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlashda asosiy omil bo’lishini qayd etgan viloyat hokimi, birinchi navbatda mahallada kundalik ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan xizmatlar turlarini rivojlantirish, ishsiz yoshlar va ayollarning bandligini ta'minlash, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratish zarurligini uqtirdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube