Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OAV VAKILLARI VA BLOGERLAR: BAG’DOD TUMANI GULISTON MAHALLASIDA BARPO ETILGAN SHAHARCHADA QURILGAN BINOLAR SIFATI BILAN BOG’LIQ TARQALGAN UYDIRMALAR ASOSSIZ! 

×

 2021-12-04 18:35:28    197

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda anonim manbalardan Bag’dod tumanining Guliston mahallasida bunyod etilgan zamonaviy shaharchadagi binolarning qurilish sifati bilan bog’liq uydirma ma'lumotlar tarqalishi ortidan 30 dan ziyod OAV vakillari va blogerlar Bag’dod tumanida Guliston mahallasida bo’lishdi. 

Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar administratorlari hamda faollari tuman hokimi Vosiljon Nazarov, tuman sektorlari rahbarlari hamda viloyat Davlat arxitektura qurilish nazorat inspektsiyasi rahbari bilan birga shaharchada barpo etilgan uylarning qurilish sifati va aholi uchun qulayliklar, ijtimoiy ob'ektlar bilan tanishdilar.

Shaharchada qurilgan binolarni, xonadonlarni birma bir aylanib, mutasaddilar va xonadonlarda yashayotgan aholi bilan muloqot qilgan jurnalist va blogerlar, ko’p qavatli uylarning beton poydevori bo’linib ketgani, bir nechta uylarning devorlarida yoriqlar paydo bo’lgani, bunday uylarning buzib tashlashga kirishilayotgani haqida tarqatilgan g’alamisona ma'lumotlarning to’la asossiz ekaniga guvoh bo’ldilar.

Tuman hokimi Vosiljon Nazarov OAV vakillari va blogerlar bilan muloqot chog’ida barcha turar joylar va ijtimoiy ob'ektlar qurilish sohasidagi mavjud normalar, qoidalar va standartlarga to’la amal qilgan holda, yuqori sifatga ega qurilish materiallaridan foydalangan holda barpo etilganini ta'kidlab, yolg’on ma'lumotlarni tarqatayotganlarni Bag’dod tumaniga kelib, mavjud holatni o’z ko’zlari bilan ko’rishga chaqirdi.

Matbuot vakillari va ijtimoiy tarmoqlar faollari, besh yil oldin qishloq joyida bunday ko’p qavatli go’zal binolar qurilishi mumkinligini tasavvur qilish ham qiyin bo’lganini va bularning barchasi inson manfaati uchun, uning qadrini yuksaltirish uchun xizmat qilayotgani chindan ham juda katta ijtimoiy voqe'lik ekanini qayd etishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube