
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
TOSHLOQ TUMANIDA SHOIRA MARHABO KARIMOVA ISHTIROKIDA "OILAM BAXTI O’Z QO’LIMDA" MAVZUSIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

2021-12-07 09:06:07 296
Viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi hamda boshqarmaning Toshloq tuman bo’limi tashabbusi bilan 8 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Oilam baxti o’z qo’limda” hamda “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz!”shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tumandagi faol ayollar, namunali qaynona-kelinlar bilan bir qatorda notinch oilalar a'zolari, nomurosa qaynona-kelinlar, ovsinlar ishtirok etdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi To’lqinoy Tojiyeva, ajrim yoqasida turgan er-xotinning tanlagan qarori ham o’ziga, ham jamiyatga, ayniqsa, uning safiga endi qo’shilgan kichik yoshdagi farzandlarining taqdiriga ham salbiy ta'sir qilishini ta'kidlab, oilaviy nizolarning oldini olish, oilalarni saqlab qolish uchun mahallalarda harakat qilish, yoshlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish har bir jamiyat faolining burchi ekanini qayd etdi.
Tadbir mehmoni, xalq ardog’idagi shoira Marhabo Karimova o’zining tarbiyaviy ahamiyatga ega she'rlari bilan tadbir ishtirokchilarini oilaviy ahillikka chorladi.
Ko’tarinki ruhda o’tgan tadbirda "Rayhon" ashula va raqs xalq dastasi va tuman madaniyat bo’limining xushovoz xonandalari tomonidan ota-onani, ahillik va tinchlikni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida tuman yarashtirish komissiyasi hamda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirokida ajrim yoqasida turgan oilalar keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib 9 juft er-xotinni yarashtirishga erishildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube