
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BO’SH TURGAN YOKI FOYDALANILMAYOTGAN OB'EKTLARDAN FOYDALANISHNI YO’LGA QO’YISH BO’YICHA MULKDORLARGA TAQDIM ETILGAN IMKONIYATLAR FARG’ONA SHAHRIDA HAM O’Z SAMARASINI BERMOQDA

2021-12-07 23:01:35 273
Viloyatimizda bo’sh turgan, to’la quvvatda foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yirik ob'ektlar joriy yil dastlabki oylarida xatlovdan o’tkazilib, ulardan to’la quvvatda foydalanishni yo’lga qo’yish, istiqbolli rejalar uchun bank kreditlari taqdim etish, yangi loyihalarni joylashtirish bo’yicha mulkdorlar hamda investorlar o’rtasida dialog tashkil etilgani o’z samarasini bermoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi “Ibrat” mahallasida joylashgan sobiq “Ip yigiruv fabrikasi”ning bo’sh turgan ob'ektlari negizida tashkil etilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi.
Xususan, “Vinteks Co” MChJ tomonidan sanoatning o’ziga xos noyob ishlab chiqarish turi bo’lgan poliester ipdan sun'iy matolar tayyorlash loyihasi ko’zdan kechirildi. Kelgusi yilning mart oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihaning qiymati 2,5 million dollarga teng bo’lib, to’liq chet el investitsiya sarmoyasi kiritilgan.
Odatda poliester ipdan kiyim va uy mebellarida ko’p foydalaniladi. Sanoatda ham keng qo’llanilib, ayniqsa, avtoulovlar uchun vositalar, xavfsizlik kamarlarida va boshqa yana bir qator mahsulotlarda qo’llaniladi. Viloyatda birinchilardan bo’lib ishga tushirilayotgan korxonadagi qurilish ishlari, olib kelingan texnikalar bilan tanishgan viloyat rahbari tadbirkorga korxonani yanada rivojlantirish zarurligini ta'kidladi.
Shundan so’ng mehmonlar umumiy qiymati 6,7 mlrd so’m bo’lgan “VITA NOVA DIAGNOSTIK” qandli diabet kasalini aniqlovchi testni ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha investitsion loyiha bilan tanishdilar. U to’liq ishga tushsa 50 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi qayd etildi.
Ushbu joyda 2021 yilning mart oyida ish boshlagan “Constant Trading” mas'uliyati cheklangan jamiyatining jinsi matolari va erkaklar jinsi shimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonasi faoliyati ham ko’zdan kechirildi. Birlashgan Arab amirligining “Alpha international Consultansy DMCC” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur korxona loyihasi uchun 4,1 million dollar sarf etilib, Turkiya va Xitoyning zamonaviy uskuna va dastgohlari o’rnatilgan. Bu yerda yiliga o’rtacha 2 million pogonometrdan ziyod jinsi matosi hamda 1,5 million donadan ortiq jinsi shim ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Hozirda 80 nafardan ziyod tikuvchi va 50 nafarga yaqin turli yo’nalishlardagi xodimlar faoliyat olib bormoqda.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube