Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDAGI 2 QAVATLI BARAK UYLAR O’RNIGA ZAMONAVIY KO’P QAVATLI TURAR-JOYLAR BARPO ETISHGA KIRISHILMOQDA, YASHOVCHILARGA YANGI UYLARDA ESKI XONADON MAYDONIDAN KAM BO’LMAGAN XONADON BERILADI

×

 2021-12-07 23:04:36    354

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 2021 yilning mart oyi oxirlarida Farg’ona shahrida olib borilgan o’rganishlari davomida ko’plab 2 qavatli barak uylarning ma'nan eskirganligi, eski binolarda esa ko’plab muammolar borligini aytib, ularning o’rniga yangi ko’p qavatli uylar qurish ko’rsatmasini bergan edi. Bu jarayonda albatta, joylarda istiqomat qilayotgan aholi bilan kelishilib, xonadon egalariga maydoni eski uylaridan kam bo’lmasligi sharti bilan yangi quriladigan binolardan xonadon ajratilishi zarurligi belgilab berilgandi. Ana shu ko’rsatmalardan kelib chiqib, shahardagi Al-Farg’oniy, A.Muhammadiyev, Muzaffarova, Sakkokiy, S.Qosimov, Mustaqillik va Xo’jand ko’chalarida 7, 9, 12 qavatli uylar qurilishi uchun loyihalar tayyorlandi. 

Bugun viloyat hokimining Farg’ona shahridagi navbatdagi o’rganishlari davomida ana shu yangi loyihalar haqida ma'lumot berildi. E'tiborlisi, yangi qurilishi rejalashtirilgan ko’p qavatli uylarda yashovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida mazkur uylarda savdo va maishiy xizmat ko’rsatish ob'ektlari ham tashkil etiladi.

Xayrullo Bozorov quruvchilar bilan suhbatlashib, aholini rozi qilish maqsadida hozirda 2 qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning mavjud xonadonidan ham ko’proq kvadrat metrdan iborat yangi uylar berish kerakligini uqtirib, ayni paytda uylar qurib bitkazilguniga qadar yashovchilar uchun joy masalasida muammo bo’lmasligi uchun ularni ehtiyojiga qarab vaqtincha yashash joyi bilan ta'minlash kerakligini qat'iy ta'kidladi.

Viloyat hokimi bilan muloqot davomida 2 qavatli uylarda yashovchi xonadon egalari yangi uylar qurilayotganligidan mamnun ekanliklarini ma'lum qilishdi. Nuroniylar ishtirokida duoga qo’l ochilib, yurtga qut-baraka, elga tinchlik-osoyishtalik, boshlangan ezgu ishlarga esa xayru rivoj tilandi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube