Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DUNYO BO’YLAB 70 DAN ZIYOD SHIFOXONAGA EGA HINDISTONNING “APOLLO HOSPITAL” KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIKDA FARG’ONADA ZAMONAVIY KLINIKA TASHKIL ETILADI

×

 2021-12-07 23:12:00    468

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining Farg’ona shahrida Hindistonning mashhur “Apollo” klinikasini tashkil etish bo’yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Farhod Arziyev, Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev hamda viloyatimizdagi “Marafon Group” xolding kompaniyasi tarkibidagi “Meridian Diagnostic Hospital” va “ILYASOV” MChJ rahbarlari Nurillo Mamasidiqov va Faxriddin Ilyasov ishtirokida Hindistonning “Apollo Hospital” kompaniyasi rahbariyati bilan videokonferentsiya shaklida muzokara bo’lib o’tdi.

Muloqot chog’ida Farg’ona viloyatida tibbiyot sohasida o’z nufuziga ega bo’lgan kompaniyalardan biri, butun vodiy bo’ylab 9 ta shifoxonaga ega “Meridian Diagnostic Hospital” va “Apollo Hospital” hamkorligida viloyatimizda “Apollo” transpontologiya va onkologiya klinikasini tashkil etish masalasi kun tartibidan o’rin oldi.

Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Farhod Arziyev loyihaning ahamiyatiga alohida to’xtalib, ilk bosqichda Farg’onada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyiha muvaffaqiyatli bo’lsa, Toshkent va Buxoro shaharlarida ham bunday klinikalarning ochilishini qayd etdi.

“Meridian Diagnostic Hospital” rahbari, loyihani moliyalashtirish, bino-inshoot hamda zaruriy jihozlar bilan ta'minlashga tayyor ekanliklarini bildirib, “Apollo Hospital” tomonidan klinika boshqaruvini xalqaro standartlarga mos tashkil etish, “Apollo”ning malakali shifokor, professorlarini jalb qilgan holda mahalliy mutaxassislarning bilim va ko’nikmalarini oshirib borilishida doimiy ish olib borish borasida taklifni ilgari surdi.

“Apollo Hospital” vakillari mazkur loyiha doirasida batafsil ma'lumotga ega bo’lish, aniq ma'lumotlar asosida yakuniy muzokaralar o’tkazish uchun dekabr oyi oxirigacha Farg’ona viloyatiga tashrif buyurishlarini ma'lum qilishdi.

“Apollo Hospital” 1983 yilda tashkil etilgan bo’lib, Hindiston klinikalari orasida 5-o’rinni egallaydi. Bugungi kunga qadar 140 dan ortiq mamlakatdan 150 milliondan ortiq odam “Apollo” shifoxonalarida davo topgan. Kompaniya dunyo bo’ylab jami 12 ming o’rinli 71 ta klinikaga ega, tarkibida 150 diagnostika markazi, 90 dan ortiq birlamchi tibbiy yordam poliklinikalari va 3400 dorixona mavjud.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube