
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XITOYNING FHT FUTURE TECHNOLOGY KOMPANIYASI FARG’ONA VILOYATIDA INNOVATSION TEXNOPARK HAMDA 350 MILLION DOLLAR INVESTITSIYA HISOBIGA 500 GEKTAR MAYDONDA QUYOSH FOTOELEKTR STANTSIYASI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

2021-12-07 23:12:54 481
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoyning Fht Future Technology kompaniyasi vakillari Li Venjin va Chen Xingyang hamda kompaniyaning mamlakatimizdagi hamkorlaridan iborat investorlar guruhini qabul qildi.
Fht Future Technology ijrochi direktori Li Venjin viloyat hokimiga kompaniyaning Farg’ona viloyatida amalga oshirish rejalashtirilayotgan yirik investitsion loyihasini haqida taqdim etdi.
Loyihaga ko’ra, Fht Future Technology kompaniyasi Farg’ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 million dollar investitsiya hisobiga 500 gektar maydonda quyosh fotoelektr stantsiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta'minlashga yo’naltirish ko’zda tutilgan. Texnoparkda zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar, shu jumladan dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari ishlab chiqarish maqsad qilingan. Shuningdek, yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish loyihasi ham o’rin olgan.
Viloyat hokimi loyihaning har bir bandi bo’yicha hamkorlikda ish olib borish yuzasidan investorlar vakillari va viloyat mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tuzish taklifini bildirdi. Shuningdek, cho’l zonalardagi qum va toshloq, suvsiz yerlarda loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha ko’rsatma berdi.
Hamkorlikda muzokaralarni davom ettirish bo’yicha kelishib olindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube