
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI BO’LIB O’TDI

2021-12-07 23:14:08 282
Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat tadbirkorlarining tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishga ko’maklashish, muammo va murojaatlariga qonuniy yechim topish maqsadida navbatdagi haftalik Tadbirkorlar qabuli bo’lib o’tdi.
Qabulda 50 nafardan ziyod ishbilarmonlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev va viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashevga o’z masalalari bo’yicha murojaat qildilar.
Murojaatchilar ishlab chiqarish faoliyatlarini kengaytirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, bank krediti olishga ko’maklashish kabi masalalar bilan bir qatorda davlat binolaridan imtiyozli foydalanish uchun ijara shartnomasini tuzish, auktsionda yutib olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilgan ob'ektni buzib tashlanishini ta'minlab berish, tadbirkorlik uchun olingan yerning kadastr hujjatlarini tayyorlashga, qishloq xo’jaligi eksportidan kelib chiqqan debitor qarzdorlikni so’ndirishga yordam berish kabi turli holatlarda amaliy yordam so’radilar. Shuningdek viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalarida joriy qilinayotgan “autsorsing” yoki “keytering” tizimlarida ishtirok etish bo’yicha o’z takliflarini bildirdilar.
Har bir murojaat, taklif va tashabbus diqqat bilan eshitilib, mavjud to’siq va muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo’yicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube