
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
OLTIARIQ TUMANIDAGI QIR-ADIRLARNING ENG YUQORI QISMIDA YANGI YERLARNI O’ZLASHTIRISH UCHUN SUV CHIQARILDI. TASHKIL ETILADIGAN BOG’DORCHILIK VA UZUMCHILIK MASSIVI 20 SOTIXDAN YOSH OILALARGA, ISHSIZ, KAM TA'MINLANGAN FUQAROLARGA BO’LIB BERILADI

2021-12-07 23:15:25 398
Oltiariq tumanidagi Katput MFY hududida joylashgan qir-adirlarning eng yuqori qismida 160 metr chuqurlikda quduq qazilib, yangi yerlarni o’zlashtirish uchun suv chiqarildi.
Yangi quduqni ishga tushirish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Tursunov hamda tuman hokimi Xolmirza Niyozov viloyat rahbariga hududni o’zlashtirish bo’yicha berilgan topshiriqlar ijrosi jarayonlari haqida atroflicha ma'lumot berdilar.
2021 yilning sentyabr oyidan buyon hududda 40 gektar yer o’zlashtirildi. Bugun qir-adirlarning eng yuqori qismida 160 metr chuqurlikda quduq qazilib, yangi yerlarni o’zlashtirish uchun suv chiqarildi. Yangi yer o’zlashtirish ishlari davom etmoqda.
Hududda tashkil etiladigan bog’dorchilik va uzumchilik massivi 20 sotixdan yosh oilalarga, ishsiz, kam ta'minlangan fuqarolarga bo’lib beriladi. Shuningdek, issiqxonalar tashkil etib, bodring, pomidor, qalampir, qulupnay, limon yetishtirish maqsad qilingan.
Viloyat hokimi olib borilayotgan ishlarni qo’llab-quvvatlab, jarayonlarni jadal sur'atlarda davom ettirish topshirig’ini berdi. Bahor mavsumida hudud sharoitidan kelib chiqqan holda plyonka ostiga tarvuz ekish orqali aholi daromadlarini ko’paytirish zarurligini ta'kidladi.
Kelgusida shu joyda seminar-trening tashkil etilib, qilingan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazishga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube