Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BMT QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISH XALQARO JAMG’ARMASI KREDIT VA GRANTLARI ISHTIROKIDA FARG’ONA VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASINI DIVERSIFIKATSIYA VA MODERNIZATSIYA QILISH JARAYONLARI YANADA KENGAYADI

×

 2021-12-09 22:08:48    206

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizga tashrif buyurgan BMT Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro jamg’armasi vakillari bugun viloyat hokimi o’rinbosarlari bilan uchrashib, “Qishloq xo’jaligi sohasini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va ushbu yo’nalishdagi yangi takliflar yuzasidan muloqot qildilar.

Uchrashuvda viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Tursunov hamda viloyat hokimining o’rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashevlar viloyatda loyiha doirasida bir qator ishlar amalga oshirilganligini e'tirof etishdi. 

Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari uchun 2019-2025 yillarga mo’ljallangan ushbu loyiha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’shilgan qiymat yaratishning zamonaviy zanjirlariga samarali integratsiyalash va ularning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 165,72 mln AQSh dollarini tashkil etib, Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro jamg’armasining ulushi 25 yilga 5 yillik imtiyozli davr bilan 92,4 mln. dollar kredit mablag’lari, shuningdek 1,1 mln. dollar grant mablag’laridan iborat.

O’tgan davr mobaynida viloyatda loyiha doirasida 9,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi jami 80 ta sub-loyiha moliyalashtirildi va zamonaviy issiqxonalar, meva-sabzavot uchun muzlatkichli omborlar, sutni qayta ishlash liniyalari qurish, naslli qoramolchilik, parrandachilik, qishloq xo’jaligiga texnik uskunalar xarid qilish kabi yana bir qator yo’nalishlarda foydalanildi. Shuningdek, subloyihalar doirasida viloyatimizda davlat karantin laboratoriyasi, Marg’ilon shahrida veterinariya klinikasi barpo etilmoqda, tumanlarda 7 ta sug’orish quduqlari qazilmoqda.

Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro jamg’armasining (IFAD) O’zbekiston bo’yicha hududiy direktori Fidi Rajaonson uchrashuvda mazkur moliyaviy instiutut ko’proq kichik tadbirkorlik yo’nalishlariga mablag’ ajratishni ma'qul topishini ma'lum qildi. 

O’z navbatida viloyat hokimi o’rinbosari Alibek Tursunov chorvachilik, meva-sabzavotchilik va yangi yerlarni o’zlashtirish loyihalarida jamg’armaning moliyaviy ishtiroki borasida takliflarini bildirdi.

Mehmonlar viloyat imkoniyatlarini o’rganib va bildirilgan takliflardan kelib chiqib o’z reja-dasturlarini ishlab chiqishlarini ta'kidlashdi. Shundan so’ng Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro jamg’armasi vakillari Farg’ona viloyatida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida hududarga yo’l oldilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube