
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDAGI YOSHLAR SANOAT VA TADBIRKORLIK ZONALARIGA JOYLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNI KECHIKTIRAYOTGAN TADBIRKORLAR QAT'IY OGOHLANTIRILDI

2021-12-11 10:56:25 238
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Marg’ilon shahri Navro’z MFY hududida yangi tashkil etilgan va qurilish-jihozlash ishlari amalga oshirilayotgan 3 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 3, 4 va 7 gektardan iborat maydonlar ajratilgan kichik sanoat zonalarida jami 45 ta loyiha joylashtirilgan bo’lib, 2400 ga yaqin ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan.
Viloyat rahbari loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlashib, qariyb bir yil vaqt o’tgan bo’lsa-da, hamon o’z faoliyatini yo’lga qo’ymagan tadbirkorlarni keskin tanqid qildi va loyihalarni tezroq ishga tushirish ko’rsatmasini berdi. Xayrullo Bozorov, belgilangan muddatlarda loyihani amalga oshirish bo’yicha yetarli choralar ko’rilmasligi holatida ajratilgan yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlari mavjud qonunchilik doirasida qaytarib olinishi haqida tadbirkorlarni qat'iy ogohlantirdi. Shahar mas'ullari sanoat zonalari uchun kanalizatsiya, suv, elektr tarmoqlari tortilganini ma'lum qildilar.
Viloyat hokimi "Bfl Shoes Artiolli" MChJ tomonidan tashkil etilgan qiymati 3 mlrd. so’m bo’lgan poyabzal tagligi ishlab chiqarish korxonasini ko’zdan kechirdi. Tadbirkor Faxriddin Qosimov tomonidan tashkil etilgan korxonada hozircha 20 ta ish o’rni yaratgan bo’lib, Xitoydan dastgohlarning bir qismi olib kelib o’rnatilgan. Tadbirkor 1 oy davomida korxonani to’la quvvatda ishga tushirib, ish o’rinlarini va ishlab chiqarishni ko’paytirishini ma'lum qildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube