
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDA ZAMONAVIY TO’QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ KORXONALARI SONI KO’PAYMOQDA

2021-12-11 10:57:36 284
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat sektorlari rahbarlari Marg’ilon shahridagi “Marg’ilon Umar Teks” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdilar.
Zamonaviy dizayn asosida qurib bitkazilgan 5 qavatli binoda joylashgan korxonada hozirgi kunda kalava ipni bo’yab paypoq ishlab chiqarilib, mahsulotlar xorijga ekport qilinmoqda. Tadbirkor Abdusamad Ma'rufov viloyat rahbariga amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Loyiha qiymati 3 mln. dollarni tashkil etgan korxonada 100 dan ziyod ish o’rinlari yaratilgan. 2022 yilda loyihani to’la quvvatda amalga oshirish rejalashtirilgan. Hozirda Xitoydan keltirilgan yangi dastgohlarni o’rnatish jarayonlariga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
Shahardagi o’rganishlar davomida 3560 nafardan ziyod aholisi bo’lgan “Toshkesar” MFYda joylashgan, loyiha tashabbuskori Jalolxon Muhammadxonov bo’lgan “Milano teks” MChJning trikotaj mahsulotlari (ichki kiyimlar) ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan ham tanishildi. Korxonani yo’lga qo’yish uchun tadbirkor tomonidan 5 mlrd. so’m mablag’ sarflangan bo’lib, 50-60 turdagi mahsulotlar tayyorlanmoqda.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube