Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ASFALT ISHLAB CHIQARISH, MOYNI QAYTA ISHLASH KORXONALARI, 4 QAVATLI GIPERMARKET – VILOYAT HOKIMI MARG’ILONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2021-12-11 10:58:37    466

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha Marg’ilon shahridagi “Navro’z” MFYda tadbirkor Bahromjon Qurbonov tomonidan tashkil etilgan asfalt ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini ham ko’zdan kechirdi. Bu yerda 20 ta ish o’rni yaratilgan bo’lib, 228 ming dollarlik loyiha doirasida yiliga 85 tonna mahsulot tayyorlash reja qilingan.

Shuningdek, tadbirkorning shahardagi Chamanzor ko’chasida joylashgan, avtomobil moylarini qayta ishlash loyihasi ham borib ko’rildi. Hozirgacha qurilayotgan mazkur zavodda 3 mlrd. so’mlik ishlar qilingan bo’lib, umumiy loyiha qiymati 6,5 mlrd. so’mni tashkil etadi. E'tiborlisi, yiliga 30 tonna moyni qayta ishlash natijasida yana 27 tonna toza moy olish imkoniyati yaratiladi. Viloyat hokimining tadbirkor bilan muloqotida qurilish jarayonlari va ishlab chiqarishning o’ziga xos jihatlari to’g’risida so’z bordi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat sektorlari rahbarlari shahar markazining B.Marg’iloniy ko’chasidagi sobiq avtoturargoh o’rniga barpo etilayotgan 4 qavatli zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko’rsatish kompleksi loyihasi borishini ham ko’zdan kechirdilar. Bu yerda oziq-ovqat, kiyim – kechak savdo do’konlari, bolalar o’yingohi, o’quv-markazlari va ofislari tashkil etiladi. Tadbirkor O’tkir Ahmedov “Marg’ilon gipermarket” MChJ tomonidan kelgusi yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan va loyiha qiymati 40 mlrd. so’m bo’lgan majmua haqida atroflicha ma'lumot berdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube