Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDAGI “YODGORLIK” KORXONASI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRILISH UCHUN KO’MAK BERILADI

×

 2021-12-11 11:00:14    321

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahrida amalga oshirilgan o’rganishlar jarayonida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat sektorlari rahbarlari ipak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yodgorlik” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdilar.

Korxona rahbari A'zamxon Abdullayev 1924 yilda atele shaklida tashkil etilib, keyinchalik “Xon atlas” nomi bilan bu yerda ishlab chiqarish amalga oshirilganligini, 1981 yilda korxonaga aylanib, 1991 yilda esa u xalqaro YuNESKO tashkiloti tomonidan turizm yo’nalishida alohida e'tirof etilganini aytib o’tdi.

Korxonada klassik va zamonaviy yo’nalishlarda ish tashkil etilmoqda. Ip va jundan tayyorlangan sholchalar, tabiiy bo’yoqlar ishlatilgan matolar, ulardan tikilgan liboslarga xorijda ham qiziquvchilar ko’p. Bu yerda xatto ipak qoldiqlaridan ham samarali foydalanib, ulardan gilamlar tayyorlanadi.

 Qachonlardir 600 nafargacha ishchilari bo’lgan korxonada hozirda 80 nafar xodim ishlamoqda. Dunyodagi pandemik vaziyat va turistlar oqimining kamayishi ham bunga o’z sezilarli ta'sirini o’tkazgan. Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbarining milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish, xalqaro miqyosda targ’ib etishga bo’lgan alohida e'tiborlari, hunarmandlarni qo’llab-quvvatlash, ularga sharoitlar yaratish bo’yicha topshiriqlaridan kelib chiqib “Yodgorlik” korxonasi faoliyatini rivojlantirilish uchun ham kerakli ko’mak berilishini qayd etdi.

Korxonada chet ellik hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatilib, sanoat turizmini rivojlantirishga harakat qilinmoqda. Pandemiya sharoitiga moslashgan holda tayyor mahsulotlar onlayn savdoga chiqarilib, xaridorlarga yetkazilmoqda.

Xorijlik xamkorlar ko’magida 2022 yilda Tojikiston va Qirg’izistonning O’sh va So’g’d viloyatlari, shuningdek, Farg’ona, Namangan va Andijon viloyatlari ishtirokida “Fergana Valley” festivalini o’tkazish, 2023 yildan boshlab esa Moda haftaliklarini tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu haqida viloyat hokimiga atroflicha ma'lumot berildi. Viloyat hokimi shu yerda xorijlik hamkor tashkilotchilar bilan ham onlayn muloqot qildi va bunday tadbirlar Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan ham doimo qo’llab-quvvatlanishini ta'kidladi.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari “Yodgorlik” korxonasida tashkil etilayotgan va hozirda ta'mirlash-jihozlash ishlari olib borilayotgan dizaynerlik bo’limini ham ko’zdan kechirdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube