
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDA YANGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH ORQALI ISHLAB CHIQARISH KO’LAMI KENGAYMOQDA

2021-12-11 11:04:20 344
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Marg’ilon shahridagi o’rganishlarini davom ettirdi va ishlab chiqarish korxonalari, yangi loyihalar bilan tanishdi.
Viloyat hokimiga Marg’ilon shahridagi bolt, gayka va burama mix ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi “Golden Valley Fasteners” korxonasi faoliyatini kengaytirish loyihasi ham taqdim etildi. Korxona rahbari Erkinjon Yunusov ayni kunlarda o’z mablag’i hisobidan “Yangi hayot” ko’chasida 35 milliard so’mlik loyiha asosida ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish uchun olib borayotgan qurilishlarini ko’rsatdi. Qurilish va jihozlash ishlari 2022 yilning oxirlariga yakunlanib, ishlab chiqarish hajmi va sifati oshirilishi reja qilingan.
Ikkinchi loyihaning umumiy qiymati esa 31 milliard so’m bo’lib, tadbirkor uni amalga oshirish uchun viloyat rahbaridan 2 million dollar kredit ajratilishida ko’mak berilishini so’radi. Yangi loyihalar ishga tushirilsa, qo’shimcha 80 ta ish o’rni yaratiladi. Xayrullo Bozorov mazkur loyihalarga belgilangan tartibda yordam ko’rsatilishini ma'lum qildi.
Keyingi manzilda B.Marg’iloniy MFYda faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Farhod Nishonovning dorivor o’simliklar va quritilgan meva-sabzavotlarni ishlab chiqarish korxonasi bilan tanishildi.
Tabiiy sharoitda o’sadigan do’lana, namatak, otquloq, tut bargi, qizilmiya ildizini dorivor ichimlik sifatida qayta ishlash jarayonlari ko’zdan kechirildi. Hozirda tayyorlangan mahsulotlar xorijga, asosan MDH davlatlariga eksport qilinmoqda. 15 ta doimiy, 200 ga yaqin mavsumiy ish o’rinlari yaratilgan. Tadbirkor mahsulot tayyorlash, xomashyoni yig’ib olish, qayta ishlash haqida ma'lumot berdi. Tadbirkorga kooperatsiya usulida namatak plantatsiyasini tashkil etish uchun Farg’ona tumani Oqbilol MFY hududidagi o’zlashtirilmagan yerlardan 20-30 gektar atrofida yer maydoni ajratiladigan bo’ldi.
Shundan so’ng “Ipak yo’li” MFY hududidagi ipak gilamlar to’qish tsexi faoliyati ko’rildi. Bu yerda loyiha tashabbuskorlari eronlik Jamshid Said Alib hamda Mehdi Alivandlar bo’lib, yillik ishlab chiqarish hajmi 100 ming AQSh dollariga yetadi. 35 ta ish o’rni yaratilgan. Viloyat rahbari ishchilarni yanada ko’paytirish zarurligini ta'kidladi.
Uzun hovuz MFYdagi “NATIONAL SILK COTTON” MChJ tomonidan 2022-2023 yillarga rejalashtirilgan paxta tolasidan tayyor to’quv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshishi natijasida 420 tadan ziyod ish o’rinlari yaratilib, eksport yo’lga qo’yiladi. Loyiha tashabbuskori Azizbek Alimov 6 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam so’radi va tadbirkorga ko’mak berish uchun mas'ullar biriktirildi.
Viloyat hokimi Marg’ilon shahar Pichoqchi MFYga ham bordi. Xiyobon ko’chasida joylashgan bo’sh turgan yer maydonlarida “Qadimiy hunarmandlar markazi” ni tashkil etish va bu yerda hunarmandchilik turlari va misgarlikni rivojlantirish yuzasidan Xayrullo Bozorov shahar sektorlari rahbarlariga ko’rsatma berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube