
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI MARG’ILONDAGI “YANGI HAYOT” MFY HUDUDIDA JOYLASHGAN ISTIROHAT MASKANINING HOLATINI KESKIN TANQID QILDI

2021-12-11 11:05:52 250
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Marg’ilon shahrida olib borilgan o’rganishlar doirasida shahar markazida, “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan “Aqua Park” istirohat maskanining deyarli qarovsiz va o’z holiga tashlab qo’yilganini keskin tanqid qildi.
Tadbirkorlar tomonidan 10 milliard so’mlik loyiha evaziga bolalar o’yingohi, yozgi basseyn, suzish havzasi tashkil etilgan bo’lsa-da, o’yingoh atrofi tartibsiz va chiqindilar bilan to’lgan. Daraxtlar shohlari sinib yotibdi. Tozalanmagan.
Viloyat rahbari hudud uchun yangi kompleks reja ishlab chiqib, marg’ilonliklarning dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun imkon beradigan qulay sharoitlar yaratish bo’yicha ko’rsatma berdi. Istirohat bog’i hududini chiqindilardan tozalash, daraxtlarga ishlov berish, sug’orish tizimini takomillashtirish, yashil hududlarni ko’paytirish, manzarali daraxtlar ekish yuzasidan qat'iy topshiriq berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube