Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA BELARUSNING GOMEL VILOYATLARI O’RTASIDA “YO’L XARITASI” ISHLAB CHIQILIB, HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANTIRILADI

×

 2021-12-12 19:24:16    340

PDF yuklash
Chop etish


Kecha viloyat hokimining o’rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev Belarusning Gomel viloyati iqtisodiyot qo’mitasi raisi Igor Aslyuk bilan videoaloqa orqali muloqot o’tkazdi.

Ikki tomon vakillari 2019 yilda imzolangan Farg’ona viloyati va Gomel viloyati o’rtasidagi kelishuv memorandumida ko’rsatilgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ishlarni tizimli yo’lga qo’yish uchun “Yo’l xaritasi” ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar. Ta'lim, sog’liqni saqlash, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko’rib chiqildi. 

Iqboljon Ergashev Farg’onadan Gomelga tekstil-to’qimachilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish taklifini bergan bo’lsa, o’z navbatida Gomel viloyati iqtisodiyot qo’mitasi raisi viloyatimizga qishloq xo’jaligi texnikalari, chorva hayvonlari, yog’och-taxtalar yetkazib berish imkoniyatlari haqida ma'lum qildi. 

Tadbirkorlar ishtirokida Uchko’prik tumanida sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona loyihasini yo’lga qo’yish, mebelchilik yaxshi rivojlangan Bag’dod tumani ustalarini esa Belarus yog’och-taxtalari bilan ta'minlash, Farg’ona viloyatida IT-mutaxassislarini tayyorlash yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. 

Shuningdek, muloqotda ikki viloyatdagi mavjud oliy ta'lim muassasalari o’rtasida mustahkam aloqalarni bog’lash, turizm yo’nalishida esa Farg’onaga to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarni amalga oshirish orqali ijobiy natijalarga erishish takliflari o’rtaga tashlandi. 

Yakunda bildirilgan takliflarni amaliy bosqichiga o’tish uchun ikki viloyat delegatsiyalarining o’zaro tashriflarini amalga oshirishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube