Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


2022 YIL VILOYATIMIZDA QISHLOQ XO’JALIGINING YANGI BOSQICHGA KO’TARILISH YILI BO’LADI – FARG’ONADA QISHLOQ XO’JALIGI XODIMLARI KUNI KATTA TANTANA QILINDI

×

 2021-12-12 19:26:42    344

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar saroyida Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali viloyat bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov soha xodimlarini bugungi katta bayram – Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni bilan tabrikladi.

So’nggi besh yilda qishloq xo’jaligida qilingan katta islohotlar, ayniqsa Davlat rahbarinining tashabbuslari bilan klasterlar tizimi joriy etilgani, qishloq xo’jaligida narx belgilash tizimi bekor qilinib, erkin bozor munosabatlari joriy qilingani haqida alohida to’xtalgan viloyat hokimi, bu yangiliklar natijasida fermerlar, dehqonlar haqiqiy manfaat ko’rishga boshlaganini qayd etdi. 

“Albattaki, manfaat bo’lgandan keyin ertaga bu sohaning rivojlanishi ham bo’ladi, bu sohada ishlayotganlarning uyida ham xursandchilik bo’ladi. To’kin-sochinlik va hayotdan, qilinayotgan mehnatdan rozi-rizolik bo’ladi. Ishonch bilan aytish mumkinki, rizq-ro’zimiz bunyodkorlarining manfaati uchun boshlangan islohotlar bugun o’zining uzviy natijasini bermoqda” dedi viloyat rahbari.

Joriy yil viloyatda 800 ming tonnaga yaqin boshoqli don, 280 ming tonna paxta, 1 mln. 500 ming tonna sabzavot, 350 ming tonna kartoshka, 380 ming tonna meva, 190 ming tonna uzum, 180 ming tonna go’sht, 1 mln. 200 ming tonna sut, 560 million dona tuxum tayyorlandi. Har bir yo’nalishda belgilangan rejani ortig’i bilan bajarishga erishildi, hosildorlik va samaradorlik o’tgan yilga nisbatan sezilarli oshdi.

Xayrullo Bozorov viloyatimiz qishloq xo’jaligi sohasi vakillariga minnatdorchilik bildirgan holda, kelgusi yilda ham ishlarni shunday qat'iyat, birdamlik bilan davom ettirishga va 2022 yil viloyatimizda qishloq xo’jaligining yangi bosqichga ko’tarilish yili deb esda qoladigan yil bo’lishiga tilak bildirdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirining o’rinbosari Anvar Asamov ham so’zga chiqib, soha fidoyilarini kasb bayramlari bilan qutladi.

Shundan so’ng yil davomida yuqori ko’rsatkichlarga erishgan fermerlar hamda sohaning ilg’or xodimlari “Qishloq xo’jaligi”, “Qishloq xo’jaligi fidoyisi”, “Mehnatkash dehqon”, “Ilg’or fermer” ko’krak nishonlari hamda viloyat hokimining faxriy yorlig’i, tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 

Bayram tantanasi yurtimizning taniqli san'atkorlari ishtirokidagi kontsert dasturiga ulanib ketdi. Taniqli so’z ustalari Muhammadsiddiq Shirayev hamda Xatamjon Hakimjonovlarning chiqishlari, viloyatimiz san'at sohasi vakillari Ilhom Ibrohimov, Abdujalil Qo’qonov, Bahodir Mamajonovlar bilan birga elimiz ardog’idagi xonandalar Hulkar Abdullayeva, Sevinch Mo’minova, Asilbek Negmatov, Bahrom Nazarov, “VIA Marokand” guruhi tomonidan ijro etilgan xonishlar bayramg











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube