Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA YANGI O’ZBEKISTON MASSIVI QURILISHI BOSHLANDI

×

 2021-12-14 13:13:22    406

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 dekabr kuni qabul qilingan “Yangi O’zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonlari talablaridan kelib chiqib, Farg’ona tumanidagi Yangi asr MFYda 21 gektardan ziyod maydonda Yangi O’zbekiston massivini qurish ishlari jadallik bilan boshlandi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda qurilish hududida bo’lib, qurilish jarayoni bilan birga elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo’l infratuzilmasi barpo etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish ishlarini ham teng olib borish bo’yicha tuman rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi. 

Hududda 56 ta ko’p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari, mahalla idorasi, Madaniyat uyi, savdo shaxobchalari, tibbiyot maskanlari, sport kompleksi, saylgoh kabi turli ijtimoiy ob'ektlar qad rostlaydi.

Yangi O’zbekiston massivida 7 gektar maydonda yashil hudud - “Yangi O’zbekiston” bog’ini tashkil etish ham rejalashtirilgan bo’lib, Xayrullo Bozorov ishlarni tizimli olib borish yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar belgiladi.

Mindonobod MFYda esa aholini arzon uy-joyga bo’lgan ehtiyojini ta'minlash maqsadida belgilangan dastur asosida 22 ta ko’p qavatli uylar qurilishi deyarli yakunlanib, Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. 13 ta 5 qavatli va 9 ta 4 qavatli jami 606 ta xonadondan iborat turar-joy majmuasida amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirgan viloyat rahbari, uylarning fasad qismlarini pardozlash ishlariga ham alohida e'tibor berish, hududni obodonlashtirish, binolarning old qismiga manzarali daraxt ko’chatlari ekish borasida ko’rsatmalar berdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube