Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZ FUTBOLIDA YUKSALISH DAVOM ETADI: OLTIARIQNING «DO’STLIK» JAMOASI – BIRINCHI LIGADA!
2021-12-16 09:21:27 170
Futbol bo’yicha 2021 yilgi Farg’ona viloyati chempioni, viloyat kubogi sohibi Oltiariqning «Do’stlik» jamoasi Surxondaryo markazi Termiz shahrida 2-liga g’oliblari o’rtasida Birinchi ligaga o’tish turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Birinchi liga yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Musobaqaning «A» guruhida ishtirok etgan oltiariqliklar, guruh bahslarida Qashqadaryo viloyatining “Chiroqchi” hamda Namangan viloyatining “Toshbuloq” jamoalari ustidan ishonchli g’alabaga erishdilar. Guruh g’olibi Andijon viloyatining “Shahrixonchi” jamoasiga 1:2 hisobida mag’lub bo’lgan “Do’stlik”, 6 ochko va ikkinchi o’rin bilan chorak finalga yuksaldi. Chorak finalda esa Oltiariq jamoasi Buxoroning viloyati vakili “Binokor” ustidan yirik – 4:0 hisobida g’olib bo’ldi.
Kecha musobaqaning yarim final o’yinlari ham nihoyasiga yetdi. Reglamentga ko’ra, turnirning final ishtirokchilari hamda uchinchi o’rin egasi 2022 yilgi mavsum Birinchi ligasiga yo’llanma olishini inobatga olsak ayni paytda yuqori ligaga chiqqan ikki jamoaning nomi ma'lum bo’ldi.
Viloyatimiz vakillari yarim final bahsida Toshkentning «Do’stlik» jamoasiga qarshi maydonga chiqdilar. Toshkentliklar Shavkat Sattorovning 32-daqiqadagi goli evaziga hisobni ochishdi. 63-daqiqada Zarbulla Umarov «qaychi» uslubida gol urib, hisobni tenglashtirdi. Birinchi, Pro hamda Superliga klublarida tajriba orttirgan Mo’ydin Mamazulumovning 70-daqiqada penaltidan urgan goli oltiariqliklar imkoniyatini oshirdi. Ikki daqiqa o’tmay aynan Zarbullo Umarov yana bir chiroyli golga mualliflik qildi. O’yin tugashiga yetti daqiqa qolganida Suxrob Rahmonovning goli toshkentliklarni yirik hisobdan asradi: 3:2
Yarim finalning boshqa uchrashuvida Surxondaryo viloyatining ikki vakili – «Qumqo’rg’on» va «Denov» jamoalari o’zaro kuch sinashishdi. O’yin denovliklarning 2:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakun topdi.
Shu tariqa «Do’stlik» va «Denov» jamoalari Birinchi liga yo’llanmasini qo’lga kiritishdi. Uchinchi yo’llanma «Qumqo’rg’on» va Toshkentning «Do’stlik» jamoalari o’rtasidagi bahsda ma'lum bo’ladi. Final va uchinchi o’rin uchun o’yinlar 16 dekabrga belgilangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube