
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QUVASOY SHAHRIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI

2021-12-17 20:27:25 347
Bugun, 17 dekabr kuni xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida shahar kengashi deputatlari, viloyat va shahar hokimining o’rinbosarlari, sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar raislari, jamoatchilik faollari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va ayrim rahbarlarning Prezidentimiz amalga oshirayotgan islohotlarni to’g’ri tushunib yetmayotganini tanqid ostiga oldi.
“Endi quruq raqam uchun emas, albatta, natija uchun ishlaydigan davr keldi”, - dedi viloyat rahbari.
Quvasoy shahri ulkan imkoniyatlarga ega bo’lsada ko’plab sohalarda oqsoqlik kuzatilayotgani, hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi qoniqarsiz ekanligi, sanoat, tadbirkorlik uchun qulay infratuzilma mavjud bo’lsada, shaharda ishsizlik muhim muammolardan biriga aylangani, ko’p qavatli uylar qurilishi, qishloq xo’jaligi o’z holiga tashlab qo’yilganligi ta'kidlandi. Shuningdek, shahar sektor rahbarlarining ishlari ham nazoratda ekanligi, ular ish faoliyatlarini yanada jonlantirishlari zarurligi aytib o’tildi.
Bugungi sessiyada lavozimidan ozod etilgan Ravshan Rahimjonov o’rniga yangi shahar hokimini tayinlash bilan bog’liq tashkiliy masala ko’rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Zafarjon To’raqulov nomzodi Quvasoy shahar deputatlari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi va Zafarjon To’raqulov shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Zafarjon To’raqulov 1974 yilda Buvayda tumanida tug’ilgan. 1996 yilda Farg’ona davlat universitetini tamomlagan. 1996-1998 yillar - Farg’ona viloyati “Zafar” xususiy firmasi rahbari, 1998-2001 yillarda Farg’ona viloyati “Shodlik” fermer xo’jaligi rahbari bo’lib faoliyat olib borgan. 2001-2002 yillarda “Paxta-bank” aktsiyadorlik-tijorat banki Farg’ona viloyati Yangiqo’rg’on bo’limi yetakchi mutaxassisi bo’lgan bo’lsa, 2002-2008 yillarda “Universalbank” xususiy ochiq aktsiyadorlik tijorat bankida turli lavozimlarda ishlagan. 2008-2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi bo’lgan. 2010 yildan yana “Universalbank” xususiy ochiq aktsiyadorlik tijorat bankidagi faoliyatini davom ettirib, 2012 yilda “Universalbank” xususiy ochiq aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlangan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube