Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI HOKIMIGA YANGI O’RINBOSAR TAYINLANDI

×

 2021-12-17 20:28:24    365

PDF yuklash
Chop etish


“Qishloq qurilish invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farg’ona viloyati filiali direktori Isaqov Xojiqo’zijon Qosimjonovich Farg’ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlov Farg’ona viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida o’tgan yig’ilishda e'lon qilindi.

Xojiqo’zijon Isaqov Qo’shtepa tumanida 1985 yilda tug’ilgan. 2009 yilda Farg’ona politexnika institutini, 2013 yilda Toshkent davlat iktisodiyot universitetini tamomlagan.

“Do’stlik” ordeni sohibi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.

Mehnat faoliyati davomida Marg’ilon shahridagi "426-xo’jaliklararo ixtisoslashgan ko’chma mexanizatsiyalashgan kolonna" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbarining o’rinbosari, 2013 yildan MChJ rahbari, 2021 yildan buyon “Qishloq qurilish invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farg’ona viloyati filiali direktori lavozimlarida ishlagan.

Ma'lumot o’rnida, avvalroq O’zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Farg’ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimida ishlagan Dilshod Xojiahmedov suv xo’jaligi vazirining o’rinbosari — Suv xo’jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube