
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
TURKIYANING BTC YAPI A.S KOMPANIYACI QURILISH VA OB'EKTLARNI LOYIHALASH YO’NALISHIDA FARG’ONADA ISH BOSHLASHGA TAYYOR

2021-12-17 21:42:57 272
Bugun viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev Turkiyaning BTC Yapi A.S kompaniyaci ta'sischisi va bosh direktori Jaxit O’zturk bilan uchrashdi.
Dastlab muloqotda O’zbekiston va Turkiya davlatlari o’rtasida turli yo’nalishlarda o’zaro aloqalar kun sayin rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va tashabbusi bilan hamkorlik istiqbollari belgilab olinganligi qayd etildi.
Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ikki davlat munosabatlarini yanada jonlanishida Farg’ona viloyatining o’ziga xos o’rni, Farg’onadan Turkiyaga to’g’ridan to’g’ri aviaparvozlarning yo’lga qo’yilganligi natijasida turizm, tadbirkorlik va boshqa yo’nalishlarda aloqalar kengayib borayotganligi haqida to’xtalib o’tdi.
Shuningdek, hozirgacha turkiyalik tadbirkorlar ishtirokida viloyatda tikuv-trikotaj mahsulotlari va meva-sabzavotlarni qayta tayyorlash bo’yicha loyihalar amalga oshirilganligi, qurilish yo’nalishida ham hamkorlik yangi bosqichga ko’tarilayotganligini ta'kidladi.
O’z navbatida mehmon Jaxit O’zturk ham O’zbekistondagi, jumladan, Farg’onadagi o’zgarishlardan xabardor ekanligini qayd etdi. U rahbarlik qilayotgan 1996 yilda tashkil topgan BTC Yapi A.S kompaniyasi turli davlatlarda kasalxonalar, mehmonxonalar, savdo markazlari, turar-joy binolari, aeroportlar qurish kabi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotganligiga e'tibor qaratdi. Ko’p yillik faoliyati davomida orttirgan tajribalari asosida Farg’onada ham hudud imkoniyatlarini o’rganib xorijiy standartlar va yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ish boshlash va ob'ektlarni loyihalashga, investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.
Yakunda viloyat hokimligi delegatsiyasining 2022 yil yanvar oyida Turkiyaga tashrifi doirasida Anqarada BTC Yapi A.S kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, yangi loyihalarni boshlash uchun hamkorlik memorandumi imzolanishiga kelishib olindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube