
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MUNOSABAT

2021-12-18 21:50:24 233
Internet manbalarida Qo’qon shahrida oilaviy yotoqxonada yashovchi fuqaro Fotima Sotvoldiyevani uy-joy bilan ta'minlash borasida bloger Emine Karamanova tomonidan e'lon qilingan videochiqish bo’yicha olib borilgan o’rganishlar natijasi yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
Viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi To’lqinoy Tojiyeva rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan olib borilgan o’rganish natijasida aniqlanishicha, fuqaro Fotima Sotvoldiyeva 1986 yilda O’zbekiston tumani Oqchangal qishlog’ida tug’ilgan. (videochiqishda aytilganidek 17 yoshda emas.) Qo’qon shahridagi 12-sonli “Mexribonlik uyi”da tarbiyalangan. “Obod” MFY Movarounnaxr ko’chasida joylashgan oilaviy yotoqxonada yolg’iz yashaydi. Viloyat hokimligi tomonidan hozirgacha isitish pechi, televizor, divan bilan ta'minlangan. Fuqaroga shahar hokimligi tomonidan belgilangan tartibda moddiy yordam ajratilib, oziq-ovqat maxsulotlari bilan doimiy ko’mak berib kelinmoqda. Bundan tashqari homiy biriktirilgan.
Fotima Sotvoldiyeva “Yaproq” oilaviy paypoq to’qish tsexida ishlaydi. Onasi vafot etganidan so’ng O’zbekiston tumani Oqchangal qishlog’ida yashovchi, yashash sharoiti yaxshi bo’lgan akasi o’z uyiga olib ketgan. Ammo, u yerda uzoq yashamasdan chiqib ketgan.
2018 yilda Qo’qon shahar hokimligi tomonidan unga Amir Umarxon ko’chasida joylashgan oilaviy yotoqxonadan turar joy ajratilib, order berilgan. Ammo u yerda ham yashashni istamasdan, uyning kalitini 5-maxsus maktab-internat texnik xodimlariga tashlab ketgan. Shaharda uy-joyga, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ko’pligini inobatga olib, shahar uy-joy komissiyasi tomonidan order bilan Fotima Sotvoldiyevaga ajratilgan turar joy boshqa fuqaroga belgilangan tartibda berilgan.
Joriy yilning avgust oyida fuqaro bloger Emine Karamanova orqali “menga berilgan uy-joyga boshqa fuqaroni kiritib qo’yishgan, men esa uysiz qoldim” degan iddao bilan murojaat qilgan. Ushbu murojaat viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan o’rganilib, yuqoridagi xolatlar aniqlangan. Shu bilan birga, uni doimiy bandligini ta'minlash va qo’shimcha daromad manbaiga ega qilish maqsadida 2 ta tikuv mashinasi (to’g’ri chok va overlok) berilgan. Qo’qon shahar hokimligi tomonidan uy-joy bilan ta'minlangunga qadar barcha sharoitlarga ega bo’lgan kvartiraga ijara asosida joylashtirish va ijara to’lovini mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan kompensatsiya qilib borish taklifi bildirilganda rad etgan. Berilgan tikuv mashinalarini keyinroq 500 dollarga sotib yuborgan.
Ishchi guruh vakillari tomonidan Fotima Sotvoldiyeva bilan o’tkazilgan muloqotda, u blogerga bu galgi murojaatida ham avgust oyidagi murojaatidagi kabi, 2018 yilda berilgan, lekin o’zi yashashni istamasdan tashlab chiqib ketgan turar joyni boshqa birovga berib yuborilgani masalasini ko’targani ma'lum bo’ldi.
Qo’qon shahar hokimligi tomonidan ajratilishi ma'lum qilingan uyning qurilishi bitmaganligi, qurilish ishlari yakunlanib uy-joy fondiga qabul qilinganidan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 24 iyuldagi 459-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyga ehtiyoji bo’lgan fuqarolar ro’yxati bo’yicha navbat asosida uy-joy bilan ta'minlanishi tushuntirildi.
Bundan tashqari, Fotima Sotvoldiyevani sog’ligini tiklash uchun shifoxonaga order bilan ta'minlash, dori-darmon uchun moddiy yordam berish, oziq-ovqat bilan ta'minlash masalalari hal etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube