
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA ILK RAQAMLI BANK FAOLIYAT BOSHLADI: VILOYATIMIZDA TBC BANK MINTAQAVIY SHOU-RUMI OCHILDI

2021-12-23 12:01:26 247
Bugun viloyatimizda ilk raqamli bank o’z faoliyatini boshladi. Farg’ona shahrining Yuksalish ko’chasida Gruziyaning TBC Banki mintaqaviy shou-rumining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i Turobjon Qunduzov, “TBC Bank” ATB Boshqaruv kengashi raisi Spartak Tetrashvililar ishtirok etishdi.
So’z olganlar viloyatimizdagi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, yangi bank faoliyat boshlayotganligini, uning o’ziga xos jihatlarini aytib o’tishdi. E'tiborlisi, mazkur bank xizmatlaridan onlayn foydalaniladi. Foydalanuvchilar uchun TBC UZ ilovasida ro’yxatdan o’tib, to’laqonli mijozga aylanish, shuningdek, bank kartasini olish borasida malakali mutaxassislardan maslahatlar olish imkoniyati yaratilgan.
30 yillik tarixga ega bo’lgan Gruziya TBC Bankining Farg’ona shou-rumida hozirgi kunda 30 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.
Yangi bank ish boshlashi bilan viloyatimizda xorijiy banklar soni uchtaga yetdi va bugungi kunda jami 22 ta aktsiyadorlik tijorat banklari faoliyat olib bormoqda.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube