Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA BO’LIB O’TGAN “O’ZBEKISTON YOSHLAR FORUMI - 2021” HAFTALIGI XALQ SAYLIGA AYLANDI

×

 2021-12-23 12:03:40    346

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona tumanidagi Otchopar o’yingohida “O’zbekiston yoshlar forumi-2021” tadbirlari tashkil etildi. Unda ayniqsa, “Jamoaviy uloq” ko’pkari musobaqasining Respublika bosqichi ko’pchilik diqqat-e'tiborida bo’ldi. 

Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzulla Qosimov, Uloq-ko’pkari respublika federatsiyasi raisi Nabijon Jo’rayev, Milliy gvardiya Farg’ona viloyati bo’yicha boshqarma boshlig’i Shavkat Akbarovlar ishtirok etdilar.

So’z olganlar yoshlar bilan ishlashda “Farg’ona tajribasi” muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligini qayd etib, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yo’nalishda qo’yilgan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida to’xtalib o’tdilar.

Ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o’rtasida ot sportini faol targ’ib qilish va ommalashtirish maqsadida Prezidentimizning tegishli qarori asosida 2022 yil mart oyidan Farg’onada ham Chavandozlar maktabi o’z faoliyatini boshlashi ma'lum qilindi. 

Shundan so’ng viloyatimizdagi taniqli san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi, Mamasiddiq Shirayev boshchiligidagi so’z ustalarining askiyalari, harbiylar va yoshlar tomonidan tayyorlangan ko’rgazmali chiqishlar barchaga ko’tarinkilik ulashdi.

Jamoaviy uloq-ko’pkari musobaqasining Respublika bosqichi mintaqaviy bosqichlarda g’olib bo’lgan Samarqand, Navoiy, Toshkent hamda Andijon jamoalari bellashuvida andijonliklar g’olib bo’ldilar.

Forum doirasida belbog’li kurash bo’yicha 2003-2005 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida viloyat ochiq birinchiligi baxslari ham o’tkazildi. Unda 80 nafardan ziyod farg’onalik sportchilar g’oliblik uchun kurash olib borishdi.

Kamondan o’q uzish musobaqasida esa yoshlar merganlik mahoratlarini namoyish etishdi. Arqon tortish o’yinlari, dor o’yinlari ham qiziqarli taassurotlarga boy bo’ldi. Shuningdek, 19 ta shahar-tumanlardan kelgan yosh oshpazlar tanlovi tashkil etildi.

Yakunda har bir yo’nalishda g’olib va sovrindorlar viloyat hokimligi, mutasaddi idoralar va homiylar tomonidan kuboklar, medallar, qimmatbaho esdalik sovg’alari hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube