Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYANING “YAMANASHI GAKUIN” TA'LIM KORPORATSIYASI FARG’ONA SHAHRIDA BOG’CHA-MAKTAB-OLIYGOHDAN IBORAT ZAMONAVIY YAPON TA'LIM MAJMUASI BARPO ETADI

×

 2021-12-23 15:18:22    265

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Yaponiyaning “Yamanashi Gakuin” ta'lim korporatsiyasi boshqaruvi vakillari Daiji Yamada va Samuyel Tanni qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatimizda ta'lim sifatini oshirish, Yaponiya tajribasini tadbiq qilish masalalari, hamkorlikda ta'lim loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

O’tgan kuni bo’lib o’tgan xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida taqdim etgan murojaatnomasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ta'lim sohasidagi ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish borasida alohida to’xtalib, bolalarni kichikligidan mehnatga, o’zaro hurmatga, intizomga, odob-axloqqa o’rgatishga asoslangan yapon ta'lim tizimi bunda ustuvor yo’nalish ekanini qayd etgandi.

Yaponiyaning Yamanasi shahrida joylashgan “Yamanashi Gakuin” ta'lim majmuasi an'anaviy yapon madaniyati va qadriyatlariga asoslangan, zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi, o’rta maktab, kollej va universitetdan iborat bo’lib, e'tiborli jihati ushbu ta'lim muassasalari bitta yaxlit kichik shaharchadan iborat. Bolalar bog’cha yoshidanoq maktab va universitet muhitini his etib borishadi, katta yoshdagilar bilan muloqot qilish hamda fikr almashinish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Kattaga hurmat, kichikka izzat kabi qadriyatlar singib boradi, bolalarning ijtimoiylashuvi oson kechadi.

Ushbu kompaniya muassisligidagi Singapurning Alpha DX kompaniyasi tomonidan real va virtual ta'lim kombinatsiyasidan iborat innovatsion o’quv metodikasi ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu raqamli o’quv platformasi Toshkent va Andijon shaharlaridagi oliy ta'lim muassasalariga tadbiq etish hamda O’zbekistonda Asnaro universitetini tashkil etish bo’yicha yaqinda Oliy va o’rta ta'lim vazirligi hamda Alpha DX o’rtasida bu borada anglashuv memorandumi imzolangandi.

Bugungi uchrashuvda Farg’ona shahrida Yapon ta'lim tizimiga asoslangan maktabgacha ta'lim muassasasi va umumta'lim maktabi tashkil etish, mamlakatimizda rejalashtirayotgan Asnaro universitetini ham ushbu ta'lim majmuasiga joylashtirish loyihasi muhokama qilindi.

Yaponiyaliklar maktabgacha ta'lim muassasasi va umumta'lim maktabi loyihasi uchun 10 million dollargacha investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirib, bu loyihani mahalliy hokimiyat bilan davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida yoki viloyat tadbirkorlari bilan hamkorlikda amalga oshirish taklifini ilgari surdilar.

Viloyat hokimi, ushbu loyiha har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini ta'kidlab, yaponiyaliklar taklifini viloyat tadbirkorlari bilan har tomonlama muhokama qilish hamda xususiy biznesning ishtiroki imkoniyatlari o’rganish, natijadan kelib chiqqan holda davlat-xususiy sheriklik tamoyilida loyihani amalga oshirish masalasini ko’rib chiqilishini ma'lum qildi.

Tomonlar yangi ta'lim majmuasini Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida joylashtirish borasida o’zaro hamfikr qoldilar.

Yaqin kunlarda ushbu loyihani amalga oshirish bo’yicha kelishuv shartnomasini imzolash bo’yicha kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube