Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


"INSON QADRI UCHUN": HOKIM YORDAMCHISI YOSH OILAGA YANGI UY QURIB BERDI

×

 2021-12-24 16:36:54    321

PDF yuklash
Chop etish


1 yanvardan e'tiboran Bag’dod tumanining “Dasht” mahalla fuqarolar yig’inida hokim yordamchisi lavozimida ish boshlovchi Ulug’bek Turg’unboyev hududdagi yosh oila uchun yangi, 3 xonali uy qurilishiga bosh-qosh bo’ldi. Qariyb 1 oyda qurib bitkazilgan uy bugun o’z egalariga foydalanish uchun topshirildi.

Tuman hokimi Vosiljon Nazarov bugun Ubaydaxon va Dilshodjon Jabborovlar oilasi uchun xayriya mablag’lari evaziga qad rostlagan uyni ko’zdan kechirish uchun bordi. Xonalarning har biriga yuqori estetik did va malaka bilan zeb berilgani, keng, yorug’ hamda shinam ekani kishining e'tiborini tortadi.

- Bu Ulug’bekni o’zimiz “topvoldik”, - dedi Vosiljon Nazarov yosh tadbirkorga nisbat berar ekan, - birinchi marta ko’rishganimda, “apteka qilaman”, keyingi safar “issiqxona quraman” deb holi-jonimga qo’ymagan. Mundoq qarasam, ham tadbirkor, ham xalqning ichiga kirib boryapti. Undan-bundan eshitsam, bir o’zi 50 nafar yoshlarni ish bilan ta'minlagan. Tayyor kadr! Muhtaram Prezidentimiz “hokim yordamchisi” degan tizimni joriy qilganlari bejiz emasligiga yana bir marta amin bo’ldik.

3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Jahongir Hasanov tomonidan yosh oilaga davomli tarzda ijtimoiy-moddiy ko’mak ko’rsatib kelinmoqda. “Ayollar daftari” ro’yxatiga kiritilgan Ubaydaxonning ham, turmush o’rtog’i Dilshodjonning ham bandligi ta'minlangan. Bu tomonda, mahalla jamoatchiligi, qo’ni-qo’shnilar ham qarab turishgani yo’q. Oilaning bugungidek quvonchli kuni ularni-da sevintirdi, albatta.

Tuman hokimi mahalla ayollari bilan suhbatlashdi. “Dasht” MFY 2022 yilgi “Obod qishloq” Davlat dasturiga kiritilgani, ichimlik suvi va boshqa kommunal sohalardagi muammolar mazkur dastur orqali batamom hal qilinishi qishloq aholisi uchun zo’r yangilik bo’ldi.

Bag’dod tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube