
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QO’QON SHAHRIDAGI TEPAQO’RG’ON ARXEOLOGIK YODGORLIGI ATROFI OBOD QILINADI, ARXEOLOGIK QAZISH ISHLARI QAYTA YO’LGA QO’YILIB, ASHURALI ZOHIRIY MUZEYI TASHKIL ETILADI

2021-12-24 16:38:24 402
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha Qo’qon shahrida bo’lib, Tepaqo’rgon arxeologik yodgorligi bilan tanishdi.
Qo’qon shahri markazidan o’rin olgan ushbu yodgorlik, tarixiy arxeologik majmua sifatida 2008 yilda taniqli arxeolog olim Abdulhamid Anarbayev rahbarligidagi otryad tomonidan aniqlangan bo’lib, bu yerda 2011 yilda keng ko’lamli arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. Natijada bu yerda miloddan avvalgi birinchi va milodiy asr boshlarida urbanizatsiyalashgan qarorgoh shakllanganligi va arablar bosqiniga qadar faoliyat ko’rsatganligi aniqlangan. Ochilgan tarixiy qazilmalar konservatsiya qilingan.
Shu bilan birga, ushbu hududning bir qismi o’tgan asrning 20-30 yillarida qatag’on siyosatining o’lim tegirmoniga tashlanib, kishi bilmas ko’mib yuborilgan hamyurtlarimiz xoklarini o’z bag’riga olgan.
Viloyat hokimi bu yerda mahalliy oqsoqollar hamda mutaxassislar bilan birga muloqot qildi, hudud bilan tanishdi. O’rganishlar natijasida ushbu qarovsiz bo’lib kelayotgan hududni obodonlashtirish, qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, professor Abdulhamid Anarbayevni jalb qilgan holda arxeologik qazish ishlarini qayta yo’lga qo’yish kabi masalalar bo’yicha umumiy to’xtamga kelindi, mutasaddilarga vazifalar belgilandi.
Xayrullo Bozorov, davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan Turkistondagi jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri, qatag’on qurboni Ashurali Zohiriyning muzeyini tashkil qilish lozimligini ta'kidlab, ushbu muzeyni Tepaqo’rg’on arxeologik yodgorligi hududida joylashtirish tashabbusini o’rtaga tashladi.
Viloyat hokimi, belgilangan ishlarni amalga oshirishga kirishish uchun qisqa muddatda arxeologik yodgorlik va unga yondosh hududlarning topografik s'yomkasini o’tkazish bo’yicha mas'ullarga topshiriq berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube