
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASINING BO’ZATOV TUMANIDA BO’LDI

2021-12-27 15:39:27 384
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha Qoraqalpog’iston Respublikasining Bo’zatov tumanida bo’lib, Farg’ona viloyatidan tumanga biriktirilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashi Raisi Murat Kamalov viloyat hokimiga hamrohlik qildi.
Hukumatimiz tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qoraqalpog’istonning shimoliy tumanlari aholisining turmush darajasini oshirish maqsadida ushbu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jumladan qishloq va suv xo’jaligi sohalarida tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil qilish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish va boshqa masalalarda ko’maklashish uchun Respublikamiz viloyatlari ushbu hududlarga biriktirib berildi.
Ushbu topshiriq ijrosi doirasida Farg’ona viloyati mutasaddi tashkilotlari, tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo’jaliklari viloyatimizga biriktirilgan Bo’zatov tumanida keng ko’lamli ishlarga kirishmoqdalar.
Ta'kidlab o’tish joizki, Bo’zatov tumanida farg’onalik tadbirkorlar tomonidan 2022-2024 yillarda jami 426 mlrd. so’mlik 60 ta loyihani amalga oshirish orqali 10 mingdan ziyod yangi ish o’rinlarini tashkil etish reja qilingan.
Shuningdek, Bo’zatov tumani hududida 2022-2024 yillarda paxta-to’qimachilik, bog’dorchilik va poliz mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish maqsadida tuman hokimligining bo’sh turgan zaxira yer fondidan "Farg’ona Bo’zatov eksport", "Eldor Bo’zatov", "Ramiz Bo’zatov" va “Yaypan Yuniver Klaster” MChJlar uchun ekin maydonlarini ajratib berish bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taklif kiritilib, ayni paytda tadbirkorlar tomonidan foydalanishdan chiqib qolgan ushbu maydonlar qayta o’zlashtirilmoqda.
Tashrif davomida viloyat hokimi tadbirkorlarning ish jarayonlarini ko’zdan kechirdi, Bo’zatovda tashkil qilinayotgan Farg’ona viloyati vakolatxonasida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari borishi bilan tanishdi. Shuningdek, tuman nuroniylari bilan fikr almashib, yoshlar bilan suhbatlashdi. Xayrullo Bozorov va Murat Kamalov tuman aholisining tomorqa yerlaridagi imkoniyatlarini o’rganib, ishsiz yoshlarning taklif va mulohazalarini tinglashdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube