Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV: REJA UCHUN EMAS, MANFAAT UCHUN ISHLAYDIGAN DAVR KELDI

×

 2021-12-27 22:34:13    278

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun kelgusi yil mavsumi uchun mavjud qishloq xo’jaligi texnikalarini markazlashgan holda ta'mirlash-sozlash ishlarining yakuniy jarayonlarini ko’zdan kechirish maqsadida Bag’dod va Rishton tumanlarida bo’ldi.

Viloyat rahbari, Bag’doddagi “Fergana Spinning” MChJ hamda Rishtondagi “Rus-O’zbek teks” klaster korxonalarining mashina-traktor parklari hududida jamlangan texnikalarni ko’zdan kechirar ekan, texnika – dehqonning qanoti ekani, uni tejab-avaylagan, sozligini ta'minlab turgan fermer borki, o’z manfaati uchun ish tutganiga e'tibor qaratdi.

- Avvallari reja uchun ishlangan bo’lsa, endi manfaat uchun ishlaydigan davr keldi, - dedi Xayrullo Bozorov qishloq xo’jaligi xodimlari, fermerlar bilan uchrashuvda. – To’g’ri, reja kerak, lekin bu rejani ifodalovchi raqamlar fermerning daromadi oshishiga, manfaati ortishiga ham xizmat qilishi kerak. Joriy yilda butun viloyat miqyosida texnikalarning sozligiga, qator oralariga qo’shimcha agrotexnik ishlov berishga alohida e'tibor qaratdik. Natijada, paxta yetishtirishda o’rtacha hosildorlik o’tgan yilga nisbatan 4 tsentnerga oshib, 34 tsentnerga ko’tarildi. Albatta, bu osonlikcha bo’lgani yo’q, lekin uddalasa bo’ladigan vazifa ekaniga ishonch hosil qildik. Qo’shimcha hosildorlik bu – qo’shimcha daromad degani. Yaxshi daromad olgan fermerda yangi texnika sotib olishga imkon tug’iladi, ishchilariga alohida e'tibor bilan qaraydi, kelgusi yilda yanada yuqori marrani ko’zlaydi.

Uchrashuvlar chog’ida tumanlardagi ilg’or mexanizatorlarga 2 million so’mdan mukofot pullari va qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube