
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“RUXSOR FM” “UZBEKISTAN MEDIA AWARD – 2021” IJTIMOIY MEDIA MAHSULOTLAR TANLOVIDA G’OLIB BO’LDI

2021-12-29 08:15:02 307
Kecha “O’zbekfilm” kinokontsernida “UZBEKISTAN MEDIA AWARD – 2021” ijtimoiy media mahsulotlar tanlovi g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
“Ruxsor FM” radiokanali O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag’ishlangan eng yaxshi ijtimoiy audiorolik yo’nalishida g’olib deb topildi. «Ruxsor teleradiokanali» MChJ bosh direktori Nuriddin Asqarovga maxsus diplom, statuetka va tanlovning qimmatbaho sovg’alari topshirildi.
“UZBEKISTAN MEDIA AWARD – 2021” tanlovidan ko’zda tutilgan maqsad O’zbekistonning yangi va yorqin qiyofasini aks ettirish, milliy manfaatlarimizga, tomoshabin va tinglovchilar ehtiyojlariga mos, voqea-hodisalarni xolis aks ettiruvchi, rang-barang mavzularni qamrab olgan ko’rsatuvlar, radioeshittirishlar, filmlar, ijtimoiy video va audioroliklar tayyorlashga e'tiborni kuchaytirish, jurnalistlarni moddiy va ma'naviy rag’batlantirish, veb-saytlar va blogerlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube