Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA CHEGARACHILAR UCHUN YANGI HARBIY MAJMUA VA XIZMAT UYLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-12-29 08:17:28    453

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda Yangi yil bayrami shukuhi kezayotgan shu kunlarda harbiylarga e'tibor va rag’batning yana bir namunasi sifatida Farg’ona tumanining chegara hududida joylashgan – Novkent MFYda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo’shinlari harbiy xizmatchilari uchun chegara qo’riqlash vzvodi harbiy majmua hamda 4 qavatli 36 xonadonga mo’ljallangan xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi, viloyat harbiy-ma'muriy sektori rahbari Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlovchi organlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi yig’ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, 2022 yil yurtimizga qutlug’, barakotli yil bo’lishiga, chegaralarimizda hamisha tinchlik, xotirjamlik hukm surishiga tilak bildirdi.

Bundan besh yil oldin Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlarning ilk kunlaridanoq O’zbekistonda harbiy qurilish sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan eng muhim va ustuvor yo’nalishlar belgilab olingani, o’tgan davrda yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilingani, hamda eng asosiysi joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon bergan harbiy-ma'muriy sektorlar tashkil etilganiga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, bu jarayonlar “Armiya va xalq – bir tanu bir jondir” degan g’oyani amalda ta'minlashga xizmat qilayotganini, bugun yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizga sadoqatli farzandlar qilib yetishtirishda, qolaversa, jamoatchilik bilan armiyani yaqinlashtirishda harbiy-ma'muriy sektorning roli katta ahamiyat kasb etayotganini ta'kidladi.

Ko’plab harbiy qismlarda, chegara qismlarida zamonaviy talablar asosida yangi binolarni barpo etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlarga to’xtalgan viloyat rahbari, bugun foydalanishga topshirilgan binolar, harbiy xizmatchilarning oilalari uchun foydalanishga topshirilgan yangi uy-joylar, bolalar bog’chalari, ayollar uchun yaratilgan ish o’rinlari chegarachilarimizni ruhini ko’tarib, kuchiga kuch qo’shishi, o’z xizmat vazifalarini xotirjam, ko’ngillari to’q bo’lib bajarishlariga, yanada sadoqat va vatanparvarlik hissi bilan jonajon Vatanimiz sarhadlarini qo’riqlashlarida muhim omil bo’lishini qayd etdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi DXX chegara qo’shinlari «Sharq» mintaqaviy shtabi boshlig’i Ildar Xolnazarov ham so’z olib, harbiy xizmatchilarni yangi yil va yangi uylar bilan tabrikladi. 

Bir gektar maydondan iborat harbiy shaharchada o’quv-jangovar mashg’ulotlar o’tkazish, chegara nazorati binolari, sport-sog’lomlashtirish majmuasi, ko’p qavatli uy, xizmat itlari va otlarni saqlash joylari, issiqxona barpo etildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning farzandlari tarbiyalanishi uchun 30 o’rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti, oila bekalari uchun tikuvchilik tsexi qurib bitkazildi.

Joriy yilning aprel oyida qurilish ishlari boshlangan ushbu loyiha uchun viloyat hokimligi byudjetidan 18 milliard 800 million so’m mablag’ ajratildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilarga yangi uy kalitlari tantanali ravishda taqdim etildi.

Shundan so’ng viloyat rahbari va tadbir ishtirokchilari xizmat binolari, oshxona, bolalar bog’chasi, tikuvchilik tsexi, xonadonlarda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Bayram tadbiri yakunida nuroniylar, mahalla oqsoqollari yangi majmua harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga baxt hamda quvonch olib kelishini niyat qilib, duoga qo’l ochdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube