Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’XDA 1000 GEKTAR YERNI O’ZLASHTIRISH VA SUV CHIQARISH ISHLARI BOSHLANMOQDA. 1000 TA OILAGA 1 GEKTARDAN YER, 10 SOTIXDAN ISSIQXONA-LIMONARIY, 10 QUTIDAN ASALARI BERILADI

×

 2021-12-30 18:38:59    304

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan kecha So’x tumanining Javpaya massivida bo’ldi. 

Prezidentimizning foydalanilmayotgan yerlarda irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga o’zlashtirish, bu yerlarni yoshlarga bo’lib berish orqali ularni ish bilan, daromad bilan ta'minlash borasida topshiriqlaridan kelib chiqqan holda, viloyat rahbarining tashabbusi bilan yaqinda bu yerda 1000 gektar yerni o’zlashtirish ishlari boshlandi. Rejaga ko’ra, o’zlashtirilayotgan yerlar atrofdagi 4 ta qishloqda yashovchi 1000 ta oilaga 1 gektardan bo’lib beriladi, har bir oila uchun 10 sotixli issiqxona-limonariy tashkil etiladi.

Xayrullo Bozorov bu yerda mahalliy aholi vakillari bilan muloqot qildi. Mutaxassislar tomonidan quduq burg’ulab, suv chiqarish ishlari boshlanayotganini, 6 kilometrdan tarmoq tortib, elektr nimstantsiya o’rnatilishini ma'lum qilgan viloyat hokimi, issiqxona-limonariylar uchun chuqur kavlash, unumdor tuproq keltirish ishlari bajarib berilishini, ko’chat olishga ko’mak berilishini qayd etdi. Shuningdek, har bir oilaga 10 qutidan asalari tarqatilib, qo’shimcha daromad manbai shakllantiriladigan bo’ldi. 

Viloyat hokimi, namuna sifatida barpo etilgan issiqxona-limonariylarni ko’zdan kechirdi, ularni arzonroq barpo etish bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi hamda limon ko’chatlari o’tqazdi.

Beriladigan 1 gektarlik yer maydonlarida pistazor, kavrakzorlar tashkil etiladi, oralarida turli ekinlar ekiladi. Suv chiqarilgach, hovuzlar barpo etilib, barcha maydonlarda tomchilab sug’orish tizimi yo’lga qo’yiladi. 

Bugundan boshlab massivni o’zlashtirish bo’yicha viloyat hokimligining maxsus shtabi doimiy ravishda shu joyning o’zida faoliyat ko’rsatadigan bo’ldi. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, kadastr hududiy boshqarmasi, “Farg’ona HETK”, tuman sektorlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat shtab hudud o’zlashtirilib, issiqxonalar barpo etish, suv chiqarish, yerlarga ekinlar va ko’chatlar ekish ishlari yakunlangunga qadar aholiga har tomonlama ko’mak berib borishi belgilandi.

Viloyat hokimi bilan suhbatlashgan mahalliy yoshlar, bo’layotgan ishlardan, taqdim etilayotgan yer egasiga aylanib daromad topish imkoniyatidan mamnuniyatlarini izhor qilib, migrant bo’lib xorijda ishlashdan ko’ra o’z uylarida yashab, halol mehnat bilan pul topish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube