Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI SO’X TUMANIDAGI YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI HAMDA BARPO ETILGAN IJTIMOIY OB'EKTLAR BILAN TANISHDI
2021-12-30 18:43:29 211
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan kecha So’x tumanida bo’lib, yangi ishlab chiqarish loyihalari hamda barpo etilgan ijtimoiy ob'ektlar bilan tanishdi.
Dastlab viloyat rahbari tumanning Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi MFY binosining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi. Mahalliy tadbirkor ayol Matluba Vohidova tashabbusi bilan qurib bitkazilgan ushbu bino uchun 950 million so’m mablag’ sarflandi. Bu yerda zamonaviy savdo do’koni ham ish boshladi.
Xayrullo Bozorov, shuningdek “Tristar Gold-2022” korxonasi tomonidan bo’sh turgan binoda tashkil etilgan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. So’x tumanida tadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha Davlatimiz rahbarining alohida qarori bilan taqdim etilgan soliq imtiyozlaridan ruhlangan holda tashkil etilgan korxonaga, tadbirkorning o’z mablag’lari hisobidan bir milliard so’mdan ziyod investitsiya yo’naltirishi natijasida hozirning o’zida 100 dan ziyod yangi ish o’rni tashkil etilib, tikilayotgan erkaklar uchun ichki kiyimlar xorijga, xususan Ukrainaga ham eksport qilishga boshlandi.
Xayrullo Bozorov tumanda “Sokh Oasis Trade” korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan parrandachilik klasteri loyihasini ham ko’zdan kechirdi. Qiymati 3,6 milliard so’m bo’lgan ushbu loyiha doirasida qurilish va jihozlash ishlari yakuniy bosqichda bo’lib, tadbirkor faoliyatni boshlash uchun gaz ta'minotida muammolar mavjudligini ma'lum qildi. Viloyat hokimi, qisqa muddatda 1,5 kilometr masofadan gaz tarmog’i bo’yicha soha mutasaddilariga qat'iy topshiriq berdi, buning uchun viloyat byudjetidan 360 million so’m ajratib beriladigan bo’ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube