Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 121 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


2021 YILDA FARG’ONA VILOYATI EKSPORTI HAJMI 756,3 MILLION DOLLARGA TENG BO’LDI. 2020 YILGA NISBATAN 200 MILLION DOLLARDAN ORTIQ O’SISH QAYD ETILDI

×

 2022-01-04 17:11:07    207

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida 2021 yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan eksport hajmi 756,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020 yilga nisbatan o’sish 202,1 million dollarga yoki 36,4 foizga teng bo’ldi.

Jumladan, sanoat mahsulotlari eksporti hajmi 541,8 mln. dollarni (2020 yilga nisbatan 194 million dollar yoki 55,7 foizga ko’p) va qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti hajmi 214,5 mln. dollarni (2020 yilga nisbatan 8,1 million dollar yoki 4,0 foizga ko’p) tashkil etdi.

Viloyatimizning sanoat mahsulotlari eksportida asosiy ulushlarni kalava ip (389,6 mln. dollar), mato (43,1 mln. dollar), tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, (35,3 mln. dollar), un (29,8 mln. dollar), qurilish materiallari (17,8 mln. dollar), mineral o’g’itlar (14,0 mln. dollar), poyabzal (7,2 mln.dollar), supurgi (5,0 mln. dollar) egallaydi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy ulushlarni gilos (50,3 mln. dollar), uzum (45,8 mln. dollar), shaftoli (28,1 mln. dollar), pomidor (12,4 mln. dollar), quritilgan meva-sabzavotlar (15,0 mln. dollar), o’rik (4,8 mln. dollar), olxo’ri (5,6 mln. dollar), anor (6,0 mln. dollar), xurmo (9,2 mln. dollar), dukkakli mahsulotlar (7,2 mln. dollar), poliz mahsulotlari (4,6 mln. dollar), qalampir (1,2 mln. dollar), va boshqa mahsulotlar tashkil etadi.

Farg’ona viloyati tadbirkorlari tomonidan yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlari 2020 yilda dunyoning 62 ta davlatiga eksport qilingan bo’lsa, 2021 yilda 70 ta davlatga eksport amalga oshirilgan. Eksport geografiyasi Avstriya, Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Kanada, Shimoliy Makedoniya va Chili davlatlari hisobiga kengaydi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube