Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA SHVEYTSARIYA TIBBIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI (SWISS MEDICAL INFORMATION TECHNOLOGIES UNIVERSITY) TASHKIL ETISH BO’YICHA “YO’L XARITASI” IMZOLANDI

×

 2022-01-06 16:50:01    249

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev, Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi viloyat bo’limi rahbari Dilafruz Qosimova hamda axborot texnologiyalari sohasida dunyoning taniqli mutaxassislaridan biri, turkiyalik professor, International Swiss Science University rektori Tunjay Sevindik ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Muloqotda 2021 yilning dekabr oyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabulida bo’lgan Tunjay Sevindik IT yo’nalishini va tibbiyot tizimini kompyuter texnologiyalari bilan integratsiyalovchi mutaxassis kadrlar tayyorlash, blokcheyn muhandisligi hamda kompyuter o’yinlari yaratish sohalariga ixtisoslashgan xalqaro universitet tashkil etish masalasida imzolangan memorandum asosida “Yo’l xaritasi”ni ham imzolashga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Shveytsariya Tibbiy Axborot texnologiyalari universiteti (Swiss Medical Information Technologies University) yangi o’quv yilida Shveytsariya sarmoyasi bilan o’z faoliyatini boshlashi rejalashtirilayotgani aytib o’tildi.

“Biz 5 yil davomida “TOP-1000”talik universitetlar qatoriga qo’shilishni maqsad qilganmiz. Zamonaviy xorij ta'lim texnologiyasini hamda baholash tizimini olib kelamiz”, - dedi Tunjay Sevindik. Shuningdek, mehmon mamlakatimiz yoshlari erishayotgan yutuqlarni e'tirof etib, iqtidorli yigit-qizlar ta'lim olishi uchun oliygohda qulay shart-sharoitlar yaratilishini, axborot texnologiyalari sohasida sifatli kadrlar tayyorlanishini qayd etdi.

Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot davrida, ayniqsa, aholining yuqori texnologik tibbiy xizmatlar va uskunalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, mamlakatimizda “Aqlli tibbiyot” tizimini joriy etishda yangi tashkil etiladigan oliygoh bitiruvchilariga talab doimiy ortishi qayd etildi. 

Universitet faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, masofaviy ta'lim jarayonlarini ham amalga oshirish yuzasidan tashkiliy masalalar yana bir bor ko’rib chiqildi. Shundan so’ng tomonlar Farg’ona viloyati hokimligi hamda Shveytsariya Konfederatsiyasi “BIZUBA AG” kompaniyasi o’rtasida Farg’onada Shveytsariya Tibbiy Axborot texnologiyalari universitetini tashkil etish, uni samarali faoliyat ko’rsatishini ta'minlash va moddiy-texnik bazasini yaratish borasidagi “Yo’l xaritasi” ni imzoladilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube