Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATINING EKSPORT SALOHIYATINI LATVIYADA TARG’IB QILISH BO’YICHA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

×

 2022-01-06 18:00:54    261

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev va Latviya poytaxti Rigadagi “O’zbekiston savdo uyi” asoschisi Vladimir Galperin o’rtasida videokonferentsaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov, viloyatimizdagi “Global textile”, “Ekokerama” va “Ferghana France” korxonalari rahbarlari, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Alisher Saliyevlar ishtirok etishdi.

Onlayn muzokaralarda ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, Farg’ona viloyati va Latviya ishbilarmonlar doiralari o’rtasida viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan tekstil, hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini hamkorlikda Latviya va shu orqali YEvropa bozorlariga olib chiqish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv davomida “Global textile”, “Ekokerama” va “Ferghana France” korxonalari rahbarlari ishlab chiqarish quvvatlari, korxonalarning eksport salohiyati haqida batafsil tushunchalar berdilar.

Muloqot yakunida viloyat hokimligi hamda Rigadagi “O’zbekiston savdo uyi” o’rtasida Farg’ona viloyatining eksport salohiyatini Latviyada targ’ib qilish bo’yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube