Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTONNING XORIJIY DAVLATLARDAGI 6 NAFAR ELCHISI FARG’ONADA: XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA VILOYAT EKSPORT HAJMINI OSHIRISH BORASIDA ELCHIXONALAR BILAN HAMKORLIK YANADA KENGAYTIRILADI

×

 2022-01-07 15:10:13    270

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida viloyat hokimligi, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi hamda O’zbekistonning xorijdagi 6 ta elchixonasi hamkorligida viloyatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hamkorlikni kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, eksport hajmini ko’paytirish masalalariga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev, O’zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muxsinxo’ja Abdurahmonov, O’zbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elchisi Mansurbek Qilichev, O’zbekistonning Eron Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Bahodir Abdullayev, O’zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi favqulodda va muxtor elchisi Ulug’bek Maqsudov, O’zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmanov, O’zbekistonning Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov hamda shahar-tumanlar hokimlari o’rinbosarlari – investitsiyalar va tashqi savdo bo’limlari boshliqlari qatnashdilar.

Dastlab viloyatning investitsion salohiyati, 2021 yilda investitsiya dasturlarining bajarilishi, erishilgan natijalar, qariyb 500 million dollardan ziyod to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’larining o’zlashtirilganligi, bu yo’nalishda respublikada Farg’ona ikkinchi o’rinni egallaganligi, viloyatning eksport hajmi ham yuqori bo’lganligi haqida ma'lumot berildi. Joriy 2022 yilda Farg’ona viloyatiga 1 milliard dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilayotgani ham ma'lum qilindi.

Shundan so’ng O’zbekistonning xorijdagi elchilari davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan xalqaro iqtisodiy hamkorlik istiqbollari yangi bosqichga olib chiqilayotganligi, investorlar va ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, dunyo bozorlariga kirib borish, xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda asosiy yo’nalishlar va omillar bo’yicha atroflicha ma'lumot berdilar. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Yakunda Farg’ona viloyati iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va viloyat eksport hajmini oshirish bo’yicha elchixonalar bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga kelishib olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube