
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZ BO’YLAB TASHKIL ETILGAN ARZONLASHTIRILGAN QISHLOQ XO’JALIGI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YARMARKALARI FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA

2022-01-09 17:07:52 517
Xususan, Farg’ona shahridagi “Markaziy dehqon bozori”da ham arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan. Bu yerda fermer va dehqon xo’jaliklarida, aholi tomorqalarida yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari “Daladan - dasturxongacha” tamoyili asosida qulay narxlarda xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadida mol va qo’y go’shti, yarim tayyor tovuq go’shti, tuxum, baliq, shuningdek, kartoshka, sabzi, piyoz, o’simlik va paxta yog’i, shakar hamda un kabi jami 27 turdagi mahsulotlar sotilmoqda.
Viloyatimizdagi 19 ta shahar-tumanlarda tashkil etilgan mana shunday savdo yarmarkalariga 164 ta chorvachilik, parrandachilik hamda baliqchilik xo’jaliklari biriktirilgan.
2021-2022 yillar qish-bahor mavsumi uchun belgilangan reja asosida 83 ming 380 tonnadan ziyod kartoshka, piyoz, sabzi, guruch mahsulotlari zahirasi yaratilgan.
Bundan tashqari, 2021 yil viloyatdagi 5832 ta bog’dorchilik-sabzavotchilik va uzumchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari tomonidan 1 million 818 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan bo’lib, ular ham bozorlarimizda mo’l-ko’lchilik, arzonchilik bo’lishiga xizmat qilmoqda.
Bozorlarda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish borasida qat'iy nazorat o’rnatilib, tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ma'lumot o’rnida, Toshkent shahridagi "Navro’z" dehqon bozorida ham Farg’ona viloyati mirishkorlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunga qadar farg’onalik fermer va dehqon xo’jaliklari tomonidan "Navro’z" dehqon bozoriga 200 tonna har xil turdagi meva mahsulotlari, 204 tonna kartoshka, 500 tonna sabzavot, 22 tonna uzum, 20 tonna go’sht, 52 ming dona tuxum arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube