Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ICHKI ISHLAR VAZIRI O’RINBOSARI HAMDA VILOYAT HOKIMINING TO’RT NAFAR O’RINBOSARI FURQAT TUMANIDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O’TKAZDILAR

×

 2022-01-09 18:49:58    267

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Furqat tumani Chirkay mahalla fuqarolar yig’inida Ichki ishlar vaziri o’rinbosari - Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig’i Bekmurod Abdullayev, viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev, viloyat hokimining o’rinbosarlari Fayzullo Qosimov, Xurshidjon Ahmedov, Bahodir Xoliqovlar ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

2022 yil – “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da tuman markazidagi Chirkay MFYda o’tgan qabulda Qo’qon shahri, Furqat, Beshariq, Dang’ara va O’zbekiston tumanlaridan kelgan fuqarolarning turli masalalardagi 200 dan ziyod murojaatlari ko’rib chiqildi.

Murojaatlarning katta qismi qabul chog’ida ijobiy hal etildi. Ayrim fuqarolarning murojaatlari mas'ul idoralarga o’rganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi va ijrosi nazoratga olindi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha ham tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 27 nafar fuqaro tikuv mashinasi, 17 nafar fuqaro pishiriq pechi, 25 nafar fuqaro nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, hassa, qo’ltiqtayoq kabi reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlandilar. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 33 nafar fuqarolarga kredit ajratiladigan bo’ldi.

Shu kuni aholi uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ham tashkil etilib, go’sht, tuxum, kartoshka, sabzi, piyoz, o’simlik va paxta yog’i kabi xo’jalik uchun muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda aholiga yetkazib berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube