Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FURQAT TUMANIDA 20 NAFAR BOLAJONNING SUNNAT TO’YI O’TKAZILDI

×

 2022-01-09 19:33:18    272

PDF yuklash
Chop etish


Inson qadrini ulug’lashga qaratilgan xayrli tadbirlar yil boshidanoq Farg’onada keng quloch yozdi. Xususan, bugun Furqat tumanidagi “Navo” tantanalar majmuasida Furqat tumanida istiqomat qiluvchi 15 nafar va Dang’ara tumanida yashovchi 5 nafar “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning farzandlari uchun sunnat to’ylari o’tkazildi.

Viloyat va tuman hokimliklari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilgan xayrli tadbir, ayniqsa, ota-onalar va bolajonlarning yaqinlariga bir olam quvonch ulashdi.

Tantanada so’zga chiqqan viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Bahodir Xoliqov kelajagimiz egalariga e'tibor Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda asosiy o’rin tutayotganini ta'kidladi. Aholining hayotdan rozi bo’lib yashashini ta'minlash, jamiyatda o’zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag’rikenglik hamda xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlashga Farg’onada ham katta e'tibor qaratilayotganligini aytib o’tdi. To’ylari o’tkazilayotgan bolajonlar orasidan kelgusida yetuk fidoyi insonlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Shundan so’ng to’y bolalarning har biriga davlat idoralari va homiylar tomonidan tayyorlangan bosh-oyoq sarpo, turli o’yinchoqlar hamda velosipedlar sovg’a qilindi. 

Tuman madaniyat bo’limi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar tadbirga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube