
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FURQAT TUMANIDA KEKSA-YU YOSHNI BIRLASHTIRGAN TADBIR OMMAVIY BAYRAMGA AYLANIB KETDI

2022-01-09 19:35:42 325
Furqat tumanidagi “Chirkay” MFYda sport tadbirlari hamda madaniy-ma'rifiy kechalar tashkil etildi.
Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasidagi ko’rgazmali chiqishlarda mamlakatimiz qurolli kuchlari kuch-salohiyati bo’y ko’rsatgan bo’lsa, 18-30 yoshdagi yigit-qizlar o’rtasidagi sportning kurash, arqon tortish, tosh ko’tarish, stol tennisi kabi yo’nalishlaridagi bellashuvlar barchada iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari dorbozlar va polvonlarning qiziqarli o’yinlarini miriqib tomosha qildilar.
Yoshlar uchun biznes treninglar, kompyuter savodxonligi bo’yicha o’quvlar, kitob savdosi yarmarkasi ham o’tkazildi.
12-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida mahalla aholisi uchun tibbiy ko’rik amalga oshirildi. Ertak qahramonlari ishtirokidagi spektakl namoyishi esa furqatlik bolajonlarni ezgu ishlar, yuksak marralar sari chorladi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube