![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDAGI 1055 TA MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH, AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH VA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI BO’YICHA HOKIM YORDAMCHILARI RASMAN LAVOZIMGA TAYINLANDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/10c08ca682cd0edafcaf7.jpg)
2022-01-11 11:59:47 844
Farg’ona viloyati shahar va tumanlarida Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokimi yordamchilarini tayinlash to’g’risida viloyat hokimining farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga muvofiq, shahar va tumanlar hokimlariga 1 kun muddatda lavozimga tayinlangan hokim yordamchilari bilan mehnat munosabatlariga kirishish bo’yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirildi.
Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdorlari va shart-sharoitlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-son qarorida ko’rsatib o’tilgan tartibda belgilandi.
Hokim yordamchilari:
mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta'minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko’maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib borishi;
respublika vakillari bilan birgalikda o’ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo’yicha 2022 yilga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi”ni ishlab chiqib, ijrosini ta'minlashi;
ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirishi belgilab qo’yildi.
![](https://telegra.ph/file/10c08ca682cd0edafcaf7.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram